Tabas (forscha: طبس), ilgari Gulshan nomi bilan ham tanilgan[2] Janubiy Xuroson ustonidagi Tabas tumanining markazi. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, uning aholisi 35,150 kishi, 9,903 oiladan iborat boʻlgan.

Tabas

طبس
Shahar
33°35′45″N 56°55′28″E / 33.59583°N 56.92444°E / 33.59583; 56.92444 G OKoordinatalari: 33°35′45″N 56°55′28″E / 33.59583°N 56.92444°E / 33.59583; 56.92444 G O
Mamlakat Eron
Aholisi
 (2016 Census)
39,676[1]
Vaqt mintaqasi UTCIRST
Tabas xaritada

Tabas Eronning markaziy qismida, Tehrondan 950 kilometr janubi-sharqda, Janubiy Xuroson viloyatida joylashgan.  Dastlab u Xuroson viloyati tarkibiga kirdi. Lekin 2001-yilda Yazd viloyatiga qoʻshilgan. Biroq 2013-yilda u Xurosonga qaytarildi va u Janubiy Xuroson viloyati tarkibiga kiritildl. Xurosonda Tabas deb nomlangan yana ikkita joy bor. Ammo Tabas nomi odatda aynan shu shaharga ishora qiladi.

Bu shaharda xurmo va sitrus daraxtlari koʻp. Uning 300 yillik tarixga ega jamoat bogʻi (Bagʻi Gulshan) mavjud. Tabasda har yili minglab ziyoratchilar tashrif buyuradigan ziyoratgoh ham bor. Tabasda 2500 dan 3500 gacha talabasi boʻlgan ikkita universitet bor[3]. Yozi issiq, qishda qor kam yogʻadi.

Tabas aholisi forschaning xorosoniycha talaffuzida soʻzlashadi.

Tarixi tahrir

Tabas tarixi islomdan oldingi davrlarga borib taqaladi. Bu sosoniylar imperiyasining muhim hududlaridan boʻlib, arablar bosqinchiligi davrida Xurosonga kirish eshigi hisoblangan. Unda nafaqat Tabas, balki Firdavs va Gonobodni ham oʻz ichiga olgan mahalliy hokimiyat mavjud edi. 1747-yilda Nodirshoh vafotidan soʻng u Tunni oʻz ichiga olgan mustaqil davlat sifatida Zanguiy arablar nazorati ostida boʻldi[4][5].

1978-yilda shahar zilziladan zarar koʻrdi. Kamida 15 000 kishi halok boʻldi. Oʻshandan beri shaharda koʻplab yangi koʻchalar, bogʻlar va jamoat binolari qayta qurildi.

Iqlimi tahrir

Tabas issiq choʻl iqlimiga ega (Köppen BWh).

= "Eagle Claw" operatsiyasi tahrir

1980-yil 24-25-aprelda Tehrondagi amerikalik garovga olinganlarni ozod qilish uchun Amerikaning "Burgut panjasi " qutqaruv operatsiyasi Tabas yaqinida sodir boʻldi. Eronda operatsiya „amaliat tabas“ (Tabas operatsiyasi) deb ataladi va muvaffaqiyatsiz operatsiyaning ahamiyati va oqibatlari Tabas shahrini Eronning deyarli har bir burchagida mashhur qildi[6].

Transporti tahrir

Tabasni Mashhad, Yazd, Tehron, Kerman va Birjand (Janubiy Xuroson viloyatining poytaxti) shaharlari bilan bogʻlaydigan koʻplab avtobus liniyalari, temir yoʻl vokzali va aeroport mavjud.

Taniqli odamlar tahrir

  • Abbos Voiz-Tabasiy, 1935-yil 25-iyunda Tabas shahrida tugʻilgan; Imomi Aʼzam va Oston Quds Razaviy boshqaruvi raisi
  • Masud Rajaviy, 1948-yil 18-avgustda Tabas shahrida tugʻilgan; Eron xalq mujohidlarining ikki yetakchisidan biri.

Galereya tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Statistical Center of Iran > Home“.
  2. Tabas can be found at GEOnet Nom Serveri, at this link, by opening the Advanced Search box, entering "-3086556" in the "Unique Feature Id" form, and clicking on "Search Database".
  3. „Islamic Azad University Tabas - | Admission | Tuition | University“. www.unipage.net. Qaraldi: 11-iyul 2022-yil.
  4. Malcolm, Sir John. The History of Persia: From the Most Early Period to the Present Time (inglizcha). Murray, 1829. 
  5. Noelle-Karimi, Christine. The Pearl in Its Midst: Herat and the Mapping of Khurasan (15th-19th Centuries) (inglizcha). Austrian Academy of Sciences Press, 2014. ISBN 978-3-7001-7202-4. 
  6. fa:عملیات طبس