Taksofon, telefonavtomat — abonentni boshqa abonent bilan bir marta ulab beradigan ommaviy telefon apparata. Mahalliy (shahar, qishloq) aloqa, shaharlararo aloqa, ham mahalliy, xam shaharlararo aloqa T.lariga boʻlinadi. Asosiy qismi: elektr zanjirlari bloki boʻlgan tanga (yoki jeton) tekshirish qurilmasi va pul yiggich. Elektr zanjmrlari bloki T.ni telefon styasi bilan ulaydi va uzadi, nutqlarni qabul qiladi va uzatadi; tashlangan tanga (yoki jeton) ni tekshiradi, abonent javob bermasa, tanga (yoki jeton)ni qaytaradi. T.da raqami 3 xonadan kam boʻlgan (01, 02, 03 va boshqalar) maxsus xizmat idoralari bilan pulsiz gaplashish mumkin. T.ga tanga yoki maxsus jeton tashlanadi. Maxsus kartochka bilan ishlaydigan T.lar ham mavjud (2004).