Tamara Jernigan (talaffuzi: Tamara Jarnigin 1959-yil 7-mayda tug'ilgan) - amerikalik astrofizik va sobiq NASA astronavti . Faoliyati davomida u beshta Space Shuttle dasturini ( Kolumbiyada uchta, Endeavour va Discoveryda bittadan) bajarib, kosmosda 1512 soatdan ortiq vaqt o'tkazgan. Jernigan 2001-yilda NASAni tark etdi. U hozir Lourens Livermor Milliy Laboratoriya tashkilotida bosh direktor o'rinbosari sifatida ishlaydi.

Tamara Jernigan
Tavalludi 1959-yil 7-may (63 yosh)
Chattanooga, Tennessee , Amerika Qoʻshma Shtatlari
Fuqaroligi AQSH
Kasbi Astrofizik
Bolalari Jeffri Wisoff

Erta hayot va ta'lim

tahrir

Tamara 1959-yil 7-mayda Tennessi shtatining Chattanoga shahrida, Meri va Terri Jernigan oilasida tug‘ilgan[1]. U Kaliforniyaning Santa Fe Springs shahridagi Santa Fe o'rta maktabida o'qigan va 1977-yilda tugatgan. Jernigan Stenford universitetida o'qigan va u yerda voleybol o'ynagan. U 1981-yilda fizika bo'yicha bakalavr, 1983-yilda muhandislik fanlari bo'yicha magistr darajasini oldi. Berklidagi Kaliforniya universitetida u 1985-yilda astronomiya bo'yicha magistr darajasini oldi. 1988-yilda Rays universiteti tomonidan, unga kosmik fizika va astronomiya bo'yicha fan nomzodi ilmiy darajasi berildi. Uning tadqiqotlari yulduzlar paydo bo'lgan hududlarda yuqori tezlikli oqimlarni modellashtirish, gamma-nurlarining portlashi va zarba to'lqinlari natijasida hosil bo'lgan nurlanishni o'rganishga qaratilgan.

NASA faoliyati

tahrir

Jernigan 1981-yil iyun oyida Stenford va Berklida ilmiy darajalarni qo'lga kiritdi va Ames tadqiqot markazi (NASA)da ishlay boshladi. U nazariy tadqiqotlar bo'limida tadqiqotchi olim sifatida faoliyat yuritdi[2].

 
Tamara Jernigan STS-96 da

U 1986-yil iyul oyida NASA astronavtlar korpusiga kirdi. Uning koinotga birinchi safari 1991-yil 5-iyun kuni bo‘lgan[3]. U Space Shuttle dasturining beshta missiyasida qatnashdi va koinotda 1512 soatdan koʻproq vaqt bo'ldi.

Jernigan kosmonavtlar idorasi boshlig'ining o'rinbosari bo'lib ishlagan. Harbiy va fuqarolik astronavtlari, yordamchi xodimlarni boshqarishda yordam bergan. U kosmik stansiya dasturi bo'yicha: Xalqaro kosmik stantsiyani loyihalash va ishlatish bo'yicha o'rinbosar sifatida ishlagan. U, shuningdek, ekipajni tayyorlash, ekipaj rotatsiyasi va operatsion masalalarni hal qilishga qaratilgan texnik almashinuv uchrashuvlarida NASA vakili sifatida qatnashgan.

Jernigan 2001-yilda NASAdan nafaqaga chiqdi va hozirda Lourens Livermor milliy laboratoriyasida Qurollar va murakkab integratsiya (WCI) tashkilotida bosh direktor o'rinbosari sifatida ishlaydi[1].

Mukofotlar

tahrir

Jernigan NASAning " Buyuk xizmat" medali va NASAning "Eng yaxshi yetakchilik" medali sohibidi.

Shaxsiy

tahrir

Hozirda u Kaliforniyaning Pleasanton shahrida istiqomat qiladi. U turmushga chiqqan va sobiq astronavt Piter Visoffdan Jeffri Wisoff ismli farzandi bor. Hozirda ikkalasi ham Lourens Livermor milliy laboratoriyasida ishlaydi.

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „Biographical Data: Tamara E. "Tammy" Jernigan (Ph.D.)“. National Aeronautics and Space Administration (2001-yil noyabr). Qaraldi: 2020-yil 27-iyul.
  2. „Women in Aviation and Space History: Tamara Jernigan“. Smithsonian National Air and Space Museum. 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.
  3. Space sciences, Gale (Firm), 2nd, Detroit, Mich.: Gale, Cengage Learning, 2012. ISBN 9780028662190. OCLC 781937044.