Tangutlar 1) Tibet-Birma guruhiga mansub xalq. 10-asrda Shimoliy Xitoyda SiSya davlatini barpo etishgan. T. Xitoy bilan tez-tez urushib turgan. XoroXotodagi arxeologik qazishmalardan maʼlum boʻlishicha, T. oʻz yozuvi va madaniyatiga ega boʻlgan. Moʻgʻullar tomonidan SiSya davlati yakson etilgach (1227), ular bilan qoʻshilib ketgan, bir qism T. Sinxay viloyatidagi tibetliklar tarkibiga kirgan; 2) Dashti Kig|choq oʻzbeklari tarkibida ham T. qabilasi boʻlgan.