"Tanobchilar" — Muhammad Aminxoʻja Muqimiyning eng mashhur satiralaridan biri.[1][2]

Tanobchilar
Muallif(lar) Muqimiy
Nashr etilgan sanasi 2009
Nashriyot «Ma'naviyat»
ISBN ISBN 978-9943-04-052-6
Veb-sayt http://ferlibrary.uz/f/muqimiy_saylanma.pdf

Tavsif tahrir

Muqimiyning „Tanobchilar“ asarida tanob bu yer oʻlchash vazifasini bajargan. Yaʼni odamlar yer soligʻini bevosita ular egalik qilayotgan yer maydonidan kelib chiqib toʻlaganlar. Shuning uchun u davrda tanobchilar aholi yer maydonlaridan kelib chiqqan holda soliq yigʻimlarini amalga oshirgan. Asarda „Xoh tanobingni du chandon qilay“ degan misra bor. Bu „Men xohlasam tanobingni ikki barobarga oshiraman“ degan maʼnoni bildiradi. Yaʼni noqonuniy ravishda yer maydonlarini koʻp koʻrsatib, undan olinadigan soliq miqdorini oshirish nazarda tutilgan. Bu davrda soliqlar bevosita soliq yigʻuvchi shaxslar xohishiga koʻra amalga oshirilgan. Yaʼni soliq tizimining har bir boʻgʻinida bevosita odamlar tomonidan boshqarilgan. Shundan kelib chiqqan holda, yer maydonlarini toʻgʻri yoki notoʻgʻri koʻrsatilganligini aniqlashning deyarli imkoni mavjud boʻlmagan. Shuning uchun aholining yer maydonlarini va undan undiriladigan soliq miqdorlarini belgilash bevosita tanobchilarga bogʻliq boʻlgan. Muqimiy „Tanobchilar“ asarini bevosita shu davming soliq tizimiga bogʻlagan holda yozgan. Yaʼni bu davrdagi baʼzi adolatsiz tanobchilaming oʻz asarida gavdalantirish va ular qilayotgan notoʻgʻri ishlardan ogohlantirish orqali odamlami, ayniqsa shu tizim vakillari boʻlmish tanobchilami insofga, adolatga chaqirgan. Bu qisqa tanqidiy-hajviy asar yordamida Muqimiy oʻzi yashagan davr ijtimoiy-iqtisodiy holatini yoritib bera olgan. Asarda kambagʻal chorakor dehqon mehnatidan oʻz manfaatlari uchun foydalangan, ularni aldab katta zarar yetkazgan Sulton Ali va Hakimjon kabi hiylakor mahalliy amaldorlar qiyofasi shoir tomonidan oʻtkir, taʼsirchan misralarda fosh etiladi. „Tanobchilar“ satirik hikoyasi amaldorlar zulmiga yoliqqan dehqon arz-dodi bilan boshlanadi.

Manbalar tahrir