Taroziy Nasrulloh Mubashshir at-Taroziy

Taroziy Nasrulloh Mubashshir atTaroziy (1922.15.3, Taroz — 2002.20.4, Qohira) — yirik islom ulamosi, tarixchi, adib. Sayyid Mubashshir Taroziyning katta oʻgʻli (Amir Said Olimxonnint kuyovi). Fors tili va adabiyoti doktori. (1949), professor (1970). Qohiradagi "Dor ulkutub" kutubxonasi nodir qoʻlyozmalar boʻlimida ishlagan (1951—84). 36 jildlik qoʻlyozma kitoblar katalogini nashr qildirgan. Aynush Shams va alAzhar untlarida turk va fors tillari va adabiyotidan. dare bergan. "Amir Temur va Temuriylar haqida Misr kutubxonasida saqlanayotgan manba va qoʻllanmalar fihristi" (1996; 450 bet) ni nashr ettirgan. 1996—99 yillarda Oʻzbekistonda oʻtkazilgan xalqaro konferensiyalarda qatnashib, Imom Buxoriy, Ahmad alFargʻoniy, Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi faoliyati xaqida maʼruzalar qilgan. T.ning sheʼriy devoni ham bor. Otaturk til, tarix va madaniyat akademiyasi (Ankara) aʼzosi. Istanbuldagi Marmara universiteti tomonidan T.ga turk tili va adabiyoti doktori (faxriy) unvoni (1995), Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tomonidan falsafa fanlari doktori faxriy unvoni (1996) berilgan. Qozogʻiston Fanlar akademiyasi faxriy akad., Taroz shahrining faxriy fuqarosi edi (2001).