Tashkent Law Spring xalqaro yuridik forumiOʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan 2019-yildan buyon har yili oʻtkazilib kelinadigan yurisprudensiya sohasidagi yirik tadbir.[1]

Forumning rasmiy logosi

Forumda u tashkil qilingan vaqtdan beri Oʻzbekiston va bir qator xorijiy mamlakatlar adliya vazirlari, sud, prokuratura va boshqa davlat organlari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar, dunyoning yetakchi yuridik va konsalting firmalari vakillari, advokatlar, yurisprudensiya, iqtisodiyot sohalardagi taniqli olimlar, mutaxassislar va ekspertlar ishtirok etib kelmoqda.

Maqsadi

tahrir

Forum oʻz ish jarayonida quyidagi maqsadlarga erishishni koʻzlaydi: bugungi jadal globallashuv davrida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni huquqiy taʼminlash boʻyicha mulohaza yuritish;

iqtisodiy rivojlanishning soʻnggi tendensiyalari va investitsion hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlarida huquqning rolini muhokama qilish;

fan va amaliyotning, xususan, qonun hujjatlari ishlab chiqish, qonunchilik bazasini tizimlashtirish va takomillashtirishda IT-texnologiyalaridan keng foydalanishning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish.

Forumlar

tahrir

Tashkent Law Spring I Xalqaro yuridik forumi (2019)

tahrir

“Tashkent Law Spring” Xalqaro yuridik forumi ilk marotaba 2019-yil oyida Toshkent shahrida tashkil etildi. Forum ishtirokchilari 1,200 nafardan ortiqni tashkil qilib, ulardan 250 nafarini 40 dan ziyod mamlakatdan tashrif buyurgan xorijiy ishtirokchilar boʼldi. Bunda Janubiy Koreya, Singapur, Rossiya, Belarus, Saudiya Аrabistoni, Ozarbayjon, Аfgʻoniston kabi mamlakatlarning adliya vazirlari va ularning oʼrinbosarlari, shuningdek Аmerika Qoʻshma Shtatlari, Birlashgan Qirollik, Аvstriya, Аvstraliya, Аrmaniston, Germaniya, [[Irlandiya, Italiya, Fransiya, Niderlandiya, Shveysariya, Polsha, Kanada, Ukraina, Moldova, Latviya, [[Litva, Gruziya, BАА, XXR, Yaponiya, Serbiya, Sloveniya, Hindiston, Malayziya, Malta, Turkiya, Shri-Lanka, Qozogʻiston kabi davlatlardan ekspertlar qatnashdi.

Shuningdek, Forumda “The Legal 500” xalqaro reytingida yetakchi beshlikka kiruvchi “White & Case”, “Freshfields Bruckhaus Deringer”, “Hogan Lovells”, “Norton Rose Fulbright”, “McDermott Will and Emery”, “Dentons”, “Sidley Austin” kabi yuridik kompaniyalarning vakillari ishtirok etdilar.

Forum sessiyalarida 134 nafar ekspertlar maʼruza qildilar va ulardan 100 nafarini xorijlik ekspertlar tashkil etdi.

Forum faoliyati 100 ga yaqin mahalliy va xorijiy OАV lar tomonidan yoritildi.

Birinchi Xalqaro yuridik forum oʼz oldiga qoʼygan maqsadlariga erishish yoʼlida ham mazmunan, ham iqtisodiy jihatdan foydali

va samarali tadbir sifatida oʼzini oqladi. Shu sababli mazkur yuridik forumni har yili oʼtkazilishi belgilandi.

Manbalar

tahrir
  1. „"Tashkent Law Spring" Xalqaro yuridik forumi“. tashkentlawspring.uz (23-yanvar, 2020). 2020-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar

tahrir