Tavochi (moʻgʻulcha — hisobchi) — 13— 19-asrlarda Oʻrta Osiyo, Xuroson va Eronda hukmdorning farmon va topshiriqlarini tegishli joylarga zudlik bilan yetkazuvchi oliy harbiy mansabdor, adʼyutant. T. zimmasiga harbiy yurish rejalashtirilganda saltanat tuman va viloyatlardan, tobe yurtlardan hukmdor farmonida belgilangan miqdorda oziq-ovqat, otulov, yemxashak, qurolaslaha va qoʻshin jam kilish, lashkargohga yigʻilgan lashkarni koʻrikka tayyorlash, yurish chogʻida, dam olish va ov qilish uchun qoʻshinni qulay manzillarga joylashtirish, gʻanim qarorgohiga yaqin kelingach, uni qamal qiluvchi qismlarni zarur va qulay istehkomlarga joylashtirish, qoʻshinlarning umumiy ahvolini nazorat qilib turish, jinoyatchilar va asirlarning jazoga tortilishidan qukmdorni boxabar qilish, qamal xavfi tugʻilganda tevarakatrofdagi aholini qalʼa yoki qoʻrgʻonga koʻchirib kelib joylashtirish singari vazifalar yuklatilgan. T., shuningdek, saroy amaldorlari ishlarini ham nazorat ostiga olgan. Saroy soqchilari yotish T. si tomonidan doimiy nazoratda boʻlgan. T. oʻz vazifasiga koʻra, Somoniylar, Gʻaznaviylar va Saljuqiylar saltanatida mavjud boʻlgan oriz hamda naqib lavozimlariga muvofiq kelgan. Buxoro xonligida harbiy nozir — naqibga qoʻshinni joylashtirish, qurolaslaha bilan taʼminlash, harbiy harakatlar vaqtida lashkarning ilgʻor, arʼyergard, oʻng qanot, soʻl qanot va markaziy qismlari hamda pistirmadagi vaziyatdan xabardor boʻlish masʼuliyati yuklatilgan. Xiva xonligida T. lavozimining muhim rolga egaligi tarixiy asarlar va arxiv hujjatlarida oʻz aksini topgan.