Tayvan, Formoza — Tinch okeandagi orol, Osiyoning jan.sharqiy qirgʻoklari yaqinida, materikdan Tayvan boʻgʻozi orqali ajralgan. Maydoni 36 ming km². Maʼmuriy markazi — Taybey sh. Aholisi 22,3 mln. kishi (2001), 1 km² ga 621,7 kishi toʻgʻri keladi. Rasmiy til — xitoy (mandarin) tili. Aholi buddizm, daosizm va xristian dinlariga eʼtiqod qiladi. Pul birligi — yangi Tayvan dollari.

Tayvanning qirgʻoq chizigʻi tekis, sharqiy qismida Tayvanshan suvayirgʻich tizmasi oʻtgan. Gʻarbiy sohili tekislik. Shim.da bir necha soʻngan vulkan bor. Kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Iklimi shim.da subtropik, jan.da tropik, mussonli ikdim, yanvarning temperaturasi 15— 20°, iyulniki 25—30°. Yillik yogʻin 1500–2500 mm. Tez-tez tayfun boʻladi. Daryolari sersuv. Hududining yarmiga yakini doim yashil oʻrmon bilan qoplangan, 3300 m dan baland kismi butazor va oʻtloklar. Foydali qazilmalardan neft, tabiiy gaz, koʻmir qazib olinadi, oltingugurt konlari bor. Tekisliklarda sholi, choy, batat, shakarqamish, ananas va hokazo ekiladi.