Tea Lanchava (1974-yil 11-sentabrda Gruziya, Kutaisi shahrida tugʻilgan) — xalqaro sport ustasi (2004) va ayol grossmeyster (2001) unvonlariga ega ayol shaxmatchi.

Tea Lanchava

IM Tea Lanchava 2013-yilda
Mamlakat Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya
Tugʻilishi 11-sentabr 1974-yil
Kutaisi, Gruziya
Saravha Ayol grossmeyster
FIDE reyting [1] (fevral 2024)

Shaxmatdagi faoliyati tahrir

Tea Lancheva 1974-yil 11-sentabrda Gruziyada dunyoga kelgan, 5 yoshida shaxmat oʻynashni oʻrgangan. Unga ota-onasi ustozlik qilishgan, keyinchalik qizaloqdagi mahoratni sezgan ota-onani uni proffesional murabbiy qoʻliga topshirishadi.

U 1988-yili oʻtkazilgan 14 yoshgacha oʻsmirlar shaxmat musobaqasi va 1990-yilda boʻlib oʻtgan 16 yoshgacha boʻlganlar toifalarida shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasida sobiq jahon chempioni hisoblanadi.[1]

Tea Lanchava 1995-yildan buyon Gollandiyada istiqomat qiladi va 1997-yildan beri Gollandiya Qirollik shaxmat federatsiyasi vakili hamdur. U 2008 va 2009-yillardan tashqari boshqa barcha shaxmat olimpiadalari va Yevropa chempionatlarida muntazam ishtirok etib keladi.[2]

Tea Lanchava 2004-yil FIDE tomonidan xalqaro usta maqomiga erishgan. Bundan avval yaʼni 2001-yilda u ayol grossmeyster unvonini ham qoʻlga kirtgan edi.

2012-yilda Tea Lanchava Gollandiya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, gʻoliblik shoxsupasiga koʻtarildi. Shuningdek, u grossmeyster (GM) Zhaoqin Pengni ortda qoldirib, koʻp marta ikkinchi oʻrinni egallagan.

2017-yilda Gollandiya ayollar chempionatida Tea Lanchava qoʻshma tarzda birinchi oʻrinni egalladi, ammo tay-breykda Anne Xaastga yutqazib qoʻydi va ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. 2018-yilda Tea Lanchava Chjaoqin Pengdan yarim ochko ortda qolgan holda ikkinchi oʻrinni egalladi.

2006-yili Kushadasida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha Yevropa individual chempionatida Yekaterina Atalikdan keyingi oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritdi.[3]

Gollandiya shaxmat federatsiyasi tahrir

2018-yilda Tea Lanchava Gollandiya shaxmat federatsiyasining faxriy aʼzosi etib tayinlangan.

Manbalar tahrir

  1. „A mix of beautiful dreams“. ChessBase (11-oktabr 2004-yil). Qaraldi: 7-iyul 2009-yil.
  2. Bartelski. „Women's Chess Olympiads: Tea Lanchava“. OlimpBase. Qaraldi: 7-iyul 2009-yil.
  3. Crowther. „The Week in Chess 597: 7th European Individual Chess Championships“. London Chess Center (17-aprel 2006-yil). Qaraldi: 7-iyul 2009-yil.