Terekkuma pasttekisligi - Sharqiy Kavkaz oldidagi pasttekislik. Kaspiy boʻyi pasttekisligining jan.gʻarbiy qismi. Janubda Katta Kavkazning etaklari, garbda Stavropol qirlari, sharqda Kaspiy dengizi, shimolda Kuma-Manich botigi bilan chegaradosh. Yer yuzasi tekislik. Eng baland joyi 100 m (sharqiy qismi okean sathidan past). Eol relyefi shakllari (harakatdagi va oʻsimliklar bilan mustahkamlangan), shoʻrxoklar, deltalar, quruq oʻzanlar, qirgʻoq marzalari, kichik qoʻltiq, lagunalar bor. Shimoliy qismi platforma, jan. qismi tog oldi botigʻidan iborat. Dengiz, dare, eol yotqiziqlaridan tashkil toptan. Iqlimi kontinental, gʻarbiy qismi namroq, sharqiy qismi nisbatan qurukroq, qishi sovuq, yozi issiq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°, —7°, iyulniki 25—26°, yillik yogʻin 250– 350 mm. Daryo tarmoqdari kam. Terek va Sulak daryolari oqib oʻtadi. Yer osti suvlari shoʻr, faqat qumliklarda chuchuk suv uchraydi. Och kashtan, shoʻrxok, oʻtloq, botqoq tuproqlari tarqalgan. Shimoliy qismining gʻarbida quruq dasht (chalov aralash shuvoq boshokdoshlar), markaziy qismida chala choʻl (qrim shuvogʻi) oʻsimliklar mavjud. Bahor faslida efemer va efemeroidlar oʻsadi, qumliklarda yulgʻun, uchraydi. Dasht va choʻl hayvon turlari aralash yashaydi. Kulrang yumronqoziq, qoʻshoyoq, olmaxon, quyon, saygʻoq, qarsok, tulki; deltalarda qobon, chiyaboʻri, suvda yashovchi qushlar uchraydi. Neft va gaz konlari bor. Katta qismi yaylov sifatida foydalaniladi. Gʻalla, sholi, kungaboqar, yemxashak, poliz ekinlari ekiladi.