Terminaliya (lotincha: Terminalia) — 23-fevralda nishonlanadigan qadimgi Rim bayrami — qadimgi Rim yilining oxirgi kunida — terminlar, chegaralar va yerlarni ajratib turuvchi chegara belgilari xudolari (lotincha terminus — „chegara tosh“, „ustun“, „ajratib turuvchi belgi“)[1] sharafiga bagʻishlangan.

Terminlarga sigʻinish tahrir

Chegara xudolari homiyligida boʻlgan chegara toshlari va ustunlari — Terminlarga sigʻinish joriy etilishi Qadimgi Rimning 2-qiroli Numa Pompiliusga tegishli boʻlib, u VIII asr oxiridan VII asr (m.a.) boshlarigacha hukmronlik qilgan. Bu xususiy mulkning muqaddasligi va daxlsizligi gʻoyasi bilan bogʻliq edi: birovni yerini tortib olish uchun chegara toshini koʻchirishga jur’at etgan shaxs laʼnatlangan va keyinchalik jinoiy javobgarlikka tortilgan[2].

Koʻp sonli Terminlardan tashqari, bir Terminga sigʻinish ham mavjud edi. Uning tasviri tushirilgan tosh Kapitoliy ibodatxonasiga qoʻyilgan va Rim chegaralarining daxlsizligini, shuningdek ularning doimiy kengayishini anglatgan[3].

Nishonlanishi tahrir

Terminaliya bayramida qoʻshnilar birgalikda hurmat va qurbonlik marosimlarini oʻtkazganlar: ular tosh yonidagi chuqurga asal, sharob, sut quyishgan, don sepishgan, pirog qoʻyishgan, qoʻy yoki choʻchqa soʻyib, shundan soʻng ziyofat uyushtirishgan, Terminga bagʻishlangan qoʻshiqlar kuylashgan. Umuman olganda, bayram quvnoq va tinch oʻtgan. Qurbonliklar yerni ajratish va belgilarni oʻrnatishda ham qilingan, shu bilan mulkning chegaralari muqaddas sanalgan.

Manbalar tahrir

  1. Обнорский 1901.
  2. „23 февраля - День Терминалий“. Сноб (2014-yil 21-fevral). 2020-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 5-fevral.
  3. Штаерман 1988.

Adabiyotlar tahrir

  • „Terminalia“,Dictionary of Greek and Roman Antiquities, 3rd ed, London: John Murray, 1875. 
  • Termin / Ye. M. Shtaerman // Mifi narodov mira : Ensikl. v 2 t. / gl. red. S. A. Tokarev. — 2-e izd. — M. : Sovetskaya ensiklopediya, 1988. — T. 2 : K—Ya. — S. 501.
  • N. P. Obnorskiy. Termin, bog // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1901. — T. XXXIIa.