Kichkina xoʻjayin 2: Oilaviy biznes

(The Boss Baby: Family Businessdan yoʻnaltirildi)

Kichkina xoʻjayin 2: Oilaviy biznes (inglizcha: The Boss Baby: Family Business) 2021-yilda katta ekranlarga chiqarilgan komedik janrdagi Amerika kompyuter-animatsion filmidir. DreamWorks Animation studiyasi tomonidan ishlangan va Universal Pictures tomonidan tarqatilgan. Film 2017-yilda suratga olingan Kichkina xoʻjayin filmining davomidir. Filmda bosh qahramonlarga Alec Baldwin, James Marsden, Amy Sedaris, Ariana Greenblatt, Jeff Goldblum, Eva Longoria, Jimmy Kimmel va Lisa Kudrow ovoz bergan.

Kichkina xoʻjayin 2: Oilaviy biznes
The Boss Baby: Family Business

Film posteri
Rejissyor(lar) Tom McGrath
Prodyuser(lar) Jeff Hermann
Ssenariynavis(lar) Michael McCullers
Qaysi asarga
asoslangan
The Boss Baby
The Bossier Baby
–Marla Frazee
Rollarda
Bastakor(lar)
Studiya(lar) DreamWorks Animation
Distribyutor Universal Pictures
Chiqarilgan sanasi
  • 17-sentyabr, 2021-yil(2021-09-17) (AQSh)
Davomiyligi 107 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $82 million[1]
Daromadi $128,1 million[2][3]

Kichkina xoʻjayin 2: Oilaviy biznes filmi AQShda 2-iyul 2021-yildan boshlab kinoteatrlarda RealD 3D va Dolby Cinema formatlarida namoyish qilindi. Film budjeti $82 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $128 milliondan oshiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi.

Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Kichkina xoʻjayin 2: Oilaviy biznes haqida 97 ta maqola yigʻilib, ulardan 45 foizi filmni ijobiy baholaydi[4]..

Mazmuni tahrir

Birinchi film hodisalaridan 30 yil oʻtib, Tim Templeton toʻliq voyaga yetgan va hozirda rafiqasi Carol va ikki qizi — 8 yashar Tabitha va chaqaloq Tina bilan yashaydi. Timning ukasi Ted Jr. esa hozirda muvaffaqiyatli BID (bosh ijrochi direktor) va Tim bilan deyarli uchrashmaydi, oʻrniga u va uning oilasiga koʻplab sovgʻalar yuboradi. Tabitha koʻproq kattalar xulq-atvoriga ega boʻlib ulgʻaygan boʻlib, Tim undan juda tashvishga tushgan edi. Shunday kechalarning birida qizi Tinaning xonasidan notanish ovoz eshitiladi. U shu payt Tina ham bir paytlar ukasi Ted singari Boss Baby (Kichkina xoʻjayin) ekanligini va u maxsus vazifa uchun Tedni „Chaqaloq Corp.“ga olib borishga tayinlanganligini bilib oladi. Tina otasidan Tedga qoʻngʻiroq qilishini soʻraydi. Tim Ted hech qachon kelmasligini aytib, qoʻngʻiroq qilmasligini aytadi va Tinani uyquga qaytishiga undaydi. Biroq, Tina Tedga soxta ovozli xabar qoldiradi va uni Templetonlar uyiga chorlaydi.

Ovoz berganlar tahrir

Oʻzbekcha dublyaj tahrir

  • Ahror Alijonov — Ted Templeton Jr. / Boss Baby
  • Sayfulla Ikromov — Tim Templeton
  • Sanobar Sodiqova — Tina Templeton

Dublyaj va ovoz rejissori — Sohibjon Nurmahemmdov, montaj ustasi — Shahzod Eshkanov, muharrir — Xosiyat Rajabova[manba kerak].

Relizi tahrir

Manba: IMDb.com[5]

Mamlakat Premyera sanasi
  AQSh 2-iyul 2021-yil
  Koreya Respublikasi 21-iyul 2021-yil
  Ispaniya 6-avgust 2021-yil
  Fransiya 2-avgust 2021-yil

Manbalar tahrir

  1. Rubin, Rebecca „Box Office: 'F9' to Stay on Top as 'Boss Baby' Sequel, 'Forever Purge' and 'Zola' Open in Theaters“. Variety (30-iyun 2021-yil). Qaraldi: 30-iyun 2021-yil.
  2. The Boss Baby: Family Business (2021). Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 26-oktabr 2021-yil.
  3. The Boss Baby: Family Business (2021). The Numbers. Nash Information Services, LLC. Qaraldi: 17-oktabr 2021-yil.
  4. „The Boss Baby: Family Business (2021)“. Qaraldi: 26-oktabr 2021-yil.
  5. „IMDb International Release Dates“. IMDb (2-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 2-noyabr 2021-yil.

Havolalar tahrir