Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi (inglizcha: The Lord of the Rings: The Return of the King) 2003-yilda katta ekranlarga chiqqan hamda Peter Jackson tomonidan suratga olingan epik, fentezi va sarguzasht janrlaridagi AQSh filmidir.[7][8][9] Film gʻoyasi J. R. R. Tolkien qalamiga mansub Qirolning qaytishi nomli kitobga asoslangan hamda Uzuklar hukmdori trilogiyasining uchinchi va soʻnggi qismidir. Film produserlari Barrie M. Osborne, Fran Walsh va Jackson, ssenariyni esa Walsh, Philippa Boyens, Stephen Sinclair va Jackson yozishgan. Kartina prikvellari Uzuklar ittifoqi (2001) va Ikki qalʼa (2002) filmlaridir. Filmda bosh qahramonlarni jonlantirgan aktyorlar sirasiga Elijah Wood, Ian McKellen, Liv Tyler, Viggo Mortensen, Sean Astin, Cate Blanchett, John Rhys-Davies, Bernard Hill, Christopher Lee, Billy Boyd, Dominic Monaghan, Orlando Bloom, Hugo Weaving, Miranda Otto, David Wenham, Brad Dourif, Karl Urban va Andy Serkis kirishadi.

Uzuklar hukmdori:
Qirolning qaytishi
The Lord of the Rings:
The Return of the King

Film posteri
Rejissyor(lar) Peter Jackson
Prodyuser(lar)
  • Barrie M. Osborne
  • Peter Jackson
  • Fran Walsh
Ssenariynavis(lar)
Rollarda
Bastakor(lar) Howard Shore
Kinematografiya Andrew Lesnie
Muharrir(lar) Jamie Selkirk
Studiya(lar)
Distribyutor New Line Cinema
Chiqarilgan sanasi
  • 17-dekabr, 2003-yil(2003-12-17) (AQSh)
  • 18-dekabr, 2003-yil(2003-12-18) (Yangi Zelandiya)
Davomiyligi 200 daqiqa[1]
Mamlakatlar
Til inglizcha
Byudjeti $94 million[6]
Daromadi $1.120 milliard[6]
Avvalgi film Ikki qal’a

Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi filmi premyerasi Wellington shahridagi Embassy kinoteatrida 1-dekabr 2003-yilda boʻlib oʻtdi, AQShda 17-dekabr 2003-yildan, Yangi Zelandiyada esa 18-dekabr 2003-yildan boshlab kinoteatrlarda namoyish qilindi. Film budjeti $94 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $1.1 milliard daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi va bu koʻrsatkich bilan 2003-yilning eng kassabop filmi, dunyo miqyosida esa yigirma toʻrtinchi eng kassabop film boʻldi.

Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi haqida 275 maqola yigʻilib, ulardan 93 foizi filmni ijobiy baholaydi. Sayt konsensusi shunday: „Vizual jihatdan hayajonli va emotsional jihatdan qudratli boʻlgan Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi kinokartinasi buyuk trilogiyaning hislarni uygʻotadigan va qoniqarli xotimasidir.“[10]

Mazmuni tahrir

Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.

Ikki hobbit — Sméagol va uning jiyani Déagol baliq oviga chiqishganida, Déagol daryo boʻyida Bir uzuk (inglizcha: One Ring) ni topib oladi. Sméagolning ongi uzuk tomonidan boshqariladi va bu uzuk taʼsirida jiyanini oʻldiradi. U uzuk tomonidan tanasi va ongi Gollum mavjudotiga aylantirilguniga qadar qirovli togʻga chekinadi.

Oradan asrlar oʻtgach, Uzuk jangi davomida Gandalf Aragorn, Legolas, Gimli va qirol Théodenni Isengardga olib boradi va uni yerda Merry va Pippin bilan yangidan birlashadi. Gandalf Sarumanning palantírini qaytarib oladi va jamoa Edoras shahriga Helmʼs Deepdagi gʻalabani nishonlash uchun qaytadi. Shu kecha, Pippin palantírni koʻz tashlab chiqadi va buni Sauron koʻrib qoladi. Pippinning miyasidagi fikrlarni tinglaganidan soʻng, Gandalf Sauron Gondorning poytaxti Minas Tirith shahriga hujum qilmoqchi deya taxmin qiladi. Keyin, u Pippin bilan birga Gondor boshligʻi Denethorni ogohlantirish uchun yoʻlga otlanadi.

Rollarda tahrir

Rol Aktyor Oʻzbekcha dublyaj
Frodo Baggins Elijah Wood Abdulhay Otaxoʻjayev
Gandalf Ian McKellen Muhammadjon Xoʻjayev
Samwise „Sam“ Gamgee Sean Astin Elbek Mirzohidov
Aragorn Viggo Mortensen
Theoden Bernard Hill Hoshim Arslonov
Boromir Sean Bean
Legolas Orlando Bloom
Peregrin „Pippin“ Took Billy Boyd Elbek Mirzohidov
Gimli John Rhys-Davies Hoshim Arslonov
Saruman the White Christopher Lee Hoshim Arslonov
Sauron Sala Baker Hoshim Arslonov
Elrond Hugo Weaving
Lord Celeborn] Marton Csokas
Galadriel Cate Blanchett
Arwen Liv Tyler
Bilbo Baggins Ian Holm
Lurtz Lawrence Makoare
Barliman Butterbur David Weatherley
Gatekeeper va Bree Martyn Sanderson
Lobeila Sackville-Baggins Elizabeth Moody
Albert Dreary Peter Jackson (kameo)

Musiqasi tahrir

Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini Howard Shore yaratgan.

NomiDavomiyligi
1.„A Storm Is Coming“2:52
2.„Hope and Memory“1:45
3.„Minas Tirith“ (Ben del Maestro bilan birgalikda)3:37
4.„The White Tree“3:25
5.„The Steward of Gondor“ (Billy Boyd bilan birgalikda)3:53
6.„Minas Morgul“1:58
7.„The Ride of the Rohirrim“2:08
8.„Twilight and Shadow“ (Renée Fleming bilan birgalikda)3:30
9.„Cirith Ungol“1:44
10.„Andúril“2:35
11.„Shelob's Lair“4:07
12.„Ash and Smoke“3:25
13.„The Fields of the Pelennor“3:26
14.„Hope Fails“2:20
15.„The Black Gate Opens“ (Sir James Galway bilan birgalikda)4:01
16.„The End of All Things“ (Renée Fleming bilan birgalikda)5:12
17.„The Return of the King“ (Sir James Galway, Viggo Mortensen va Renée Fleming bilan birgalikda)10:14
18.„The Grey Havens“ (Sir James Galway bilan birgalikda)5:59
19.„Into the West“ (qo'shiqnavis va bastakor Fran Walsh, Howard Shore va Annie Lennox; ijrochi Annie Lennox)5:47
Jami davomiyligi:72:05
+ Bonus (DVD)
NomiDavomiyligi
1.„Use Well the Days“ (Annie Lennox)3:10

Mukofot va nomzodliklari tahrir

Uzuklar hukmdori: Qirolning qaytishi filmi 76-Oscarni topshirish marosimida jami oʻn bitta nominatsiyasiga nomzod boʻlgan va ularning barchasida gʻolib chiqqan.[11]

Oscar
1. Eng yaxshi film
2. Eng yaxshi rejissor
3. Eng yaxshi ssenariynavis
4. Eng yaxshi sanʼat
5. Eng yaxshi kostyum dizayneri
6. Eng yaxshi muharrir
7. Eng yaxshi makiyaj
8. Eng yaxshi musiqa
9. Eng yaxshi qoʻshiq
10. Eng yaxshi aralash ovoz
11. Eng yaxshi vizual effektlar

Manbalar tahrir

  1. „THE LORD OF THE RINGS – THE RETURN OF THE KING“. British Board of Film Classification. 5-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2015-yil.
  2. „The Lord of the Rings The Return of the King (2003)“. American Film Institute. 2-aprel 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr 2012-yil.
  3. „The Lord of the Rings The Return of the King (2003)“. Turner Classic Movies. 15-sentabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr 2012-yil.
  4. „The Lord of the Rings The Return of the King (2003)“. AllMovie. 15-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr 2012-yil.
  5. „The Lord of the Rings The Return of the King“. British Film Institute. 27-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-noyabr 2016-yil.
  6. 6,0 6,1 „The Lord of the Rings: The Return of the King (2003)“. Box Office Mojo. 1-fevral 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-fevral 2009-yil.
  7. „Top 25 Holiday Movies of All-Time – IGN“ (deadlink). Uk.movies.ign.com (23-noyabr 2005-yil). 11-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-fevral 2013-yil. (Wayback Machine saytida 11-iyun 2012-yil sanasida arxivlangan)
  8. „'Lord' rings true / Tolkien's epic fantasy springs to wondrous life onscreen“. The San Francisco Chronicle (30-dekabr 2001-yil). 6-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  9. Willams, Karl „The Lord of the Rings: The Fellowship of the Ring overview“. Allmovie. 4-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-noyabr 2010-yil.
  10. „The Lord of the Rings: The Return of the King (2003)“. Rotten Tomatoes. Fandango. 17-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-may 2020-yil.
  11. „The 76th Academy Awards (2004) Nominees and Winners“. oscars.org. 29-sentabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2011-yil.

Havolalar tahrir