The Mysterious Affair at Styles
„The Mysterious Affair at Styles“ — britaniyalik yozuvchi Agatha Christie tomonidan yozilgan ilk detektiv asar. Kitob badiiy detektiv obraz Hercule Poirotning kitobxonlarga tanilishiga sabab boʻlgan. Roman 1916-yilda, birinchi jahon urushi oʻrtasida yozilgan. Birinchi marta 1920-yil oktyabr oyida Qoʻshma Shtatlarda Jone Lane tomonidan va ikkinchi marotaba 1921-yil 21-yanvar kuni Birlashgan Qirollikda The Boadley Head (John Laneʻs UK nashriyoti) tomonidan nashr etilgan[1][2].
Muallif(lar) | Agatha Christie |
---|---|
Mamlakat | Birlashgan Qirollik |
Til | inglizcha |
Qismlar | Hercule Poirot |
Janr(lar)i | Detektiv roman |
Nashr etilgan sanasi | Oktyabr 1920 |
Nashriyot | John Lane |
Sahifalar soni | 296 (1-nashr) |
Asar Poirot, Inspektor (keyinchalik bosh inspektor) Japp va Artur Hastings obrazlarining tanishuv sahnalari bilan boshlanadi[3]. Poirot — Buyuk urushdan qochgan belgiyalik qochoq. Keyinchalik, Angliyada unga yangi hayot boshlashiga yordam bergan Emily Inglethorpning uyiga yaqin joyga koʻchib oʻtadi. Poirotning doʻsti Hastings uning uyiga mehmon sifatida keladi. Inglethorp xonim oʻldirilganda, Poirot izquvarlik mahoratidan foydalanib, qotillik ostidagi sirni aniqlash uchun yechimlar topishga harakat qiladi.
Romanning The Times da chop etilgan birinchi nashrida uy xaritalari va boshqa illustratsiyalar tasvirlangan. Ushbu roman 1935-yilda oʻz faoliyatini boshlagan Penguin Books nashriyoti tomonidan chop etilgan dastlabki top 10 kitoblardan biri edi.
Asar dastlabki nashrida Birlashgan Qirollik va Qoʻshma Shtatlarda kitobxonlar tomonidan iliq qabul qilingan[4][5][6]. 1990-yilda asar syujetiga ijobiy baho berilgan. Roman Christie tomonidan yozilgan romanlar ichida vaqt va joyi yaxshi asoslangan asar hisoblangan, unda syujet aniq ifodalangan. Christiening ulkan taʻsiri tufayli, hikoyaning bir qancha elementlari Golden Age of Detective ning ramzlariga aylangan.
Agatha Christie aynan „The Mysterious Affair at Styles“ asari orqali detektiv faoliyatini boshlagan. Christie va uning turmush oʻrtogʻi keyinchalik oʻz uylariga „Styles“ deb nom qoʻyishgan[7]. Hercule Poirot badiiy adabiyotda mashhur obrazga aylangan.
Kompozitsiya va asl nashri
tahrirAgatha Christie 1916-yilda „The Mysterious Affair at Styles“ ni yozishni boshlagan, uning koʻp qismi Dartmoorda yozilgan[8]. Herkule Poirot obrazi Christiening Birinchi Jahon urushi davrida belgiyalik askarlar va Torquayda yashovchi belgiyalik qochoqlarga koʻrsatgan hamshiralik faoliyatidagi tajribalariga asoslangan holda yaratilgan[9].
Qoʻlyozma Hodder, Stoughton va Metunlar tomonidan rad etilgan. Christie keyinchalik qoʻlyozmani „Bodley Head“ ga topshirgan. Bodley Headning asoschisi Jon Lane bir necha oy davomida taqdimotni saqlab qolganidan soʻng, Christie yakunlovchi qismiga kichik oʻzgartirishlar kiritsa, uni qabul qilishini taklif qilgan. (Baʻzi zamonaviy nashrlarda chop etilgan kitobning asli „nashrdan chiqmagan“ alternativ yakunlari ham mavjud. Bu oxirgi versiyaga juda oʻxshash bo'lib, boshqa obrazlarning muloqoti hakam va Janob Ernest Heavywether muloqoti bilan almashtirilgan.) Christie keyinchalik, Lane bilan imzolagan shartnomasi istisno qiluvchi ekanligini taʻkidlagan[9].
„The Mysterious Affair at Styles“ Hindistondagi Mussoorieda hayotiy qotillik voqeasiga ham asoslangan holda yozilgan roman hisoblanadi[10].
Syujeti
tahrirBirinchi jahon urushi davomida Arthur Hastings Gʻarbiy frontda kasallik taʻtilida boʻlib, eski doʻsti John Cavendish tomonidan Essexdagi Styles Courtga taklif etilgan. 18-iyul kuni tongda The Styles xoʻjaligining keksa va boy mulkdori Emily Inglethorpning vafot etganligini bilib uygʻonadi. Emily xonim strychnine bilan zaharlangandi. Hastings doʻsti Hercule Poirotdan yordam soʻrab Styles St Mary yaqinidagi qishlogʻiga boradi. Emilyning uyida eri Alfred Inglethorp, (u yaqinda turmushga chiqqan yoshroq kishi); uning oʻgay oʻgʻillari (Emilyning birinchi nikohidan) John va Lawrence Cavendish; Johnning xotini Mary Cavendish, vafot etgan doʻstning qizi Cynthia Murdoch va Emilynning hamkori Evelyn Howardlar boʻlgan.
Poirot Emily vafot etganida, John otasining vasiyatiga muvofiq uning mulkiga merosxoʻr boʻlishi kerakligini bilib oladi. Biroq, otasining pullari oʻz vasiyatiga muvofiq taqsimlanadi (u vasiyatini yilda atigi bir martagina oʻzgartirgan), uning eng soʻnggi vasiyati mol-mulkini meros qilib oladigan Alfredni qiziqtiradi[11]. Poirot Emily oʻldirilgan kuni, qotillikni sodir etgan kishi Alfred yoki John deb gumon qiladi. Emily xonim yangi vasiyatnoma yozganidan keyin qaygʻuli ahvolga tushib qoladi, biroq hech kim yangi vasiyatga biror isbot topolmaydi. Alfred oʻsha kuni kechqurun uydan chiqib, tunni qishloqda oʻtkazadi. Oʻsha kuni Emily kechki taomdan birozgina tanavvul qilgach, oʻz xonasiga erta chiqib ketadi. Emily xonasida hujjatlar papkasi bilan topiladi. Hech kim unga qanday yoki qachon zahar berilganini tushunmaydi.
Tergovchi, inspektor Japp Alfredni asosiy gumondor shaxs deb hisoblaydi, chunki xotining oʻlimidan eng koʻp foydani u oladi. Poirot Alfredning xulq-atvori tergov paytida shubhali ekanligini taʻkidlaydi. Japp uni hibsga olishni istaydi, ammo Poirot bu ishni u qilishi mumkin emasligini isbotlab, Jappning qaroriga aralashdi. Keyin gumon Johnga tushadi, Emily vasiyatidan foyda olishga urinadi. Japp uni tezda hibsga oladi, zahar uchun qoʻyilgan imzo aynan uning husnixatida yozilgani ma'lum bo'ladi. Poirotning tergovlari Johnni jinoyatdan aybsiz holda ozod qiladi. Evelyn Howard Qotil Alfred Inglethorpning yordami bilan oʻldirilganligini tasdiqlaydi. Ular oʻzlarini dushman qilib koʻrsatishgan, lekin, oralarida sevgi rishtalari bo'lgan. Qotil Emilyning kechki ovqatdan keyin ichib uxlaydigan dorisiga bromid qoʻshgan. Keyinchalik, qotil Alfredni gumondor shaxs qilib koʻrsatadi. Aynan bu rejasiga Johnni ham dahldor qilin ko'rsatadi.
- Hercule Poirot - belgiyalik taniqli xususiy detektiv. Yevropadagi urush tufayli Angliyaga koʻchib kelib yashaydi. Eski qadrdon doʻsti Hastings Poirotdan Emily xonim bilan bogʻliq jinoyatni tekshirishini soʻraydi.
- Hastings - Poirotning doʻsti va hikoyanavis. Gʻarbiy Frontdan kasallik taʻtili olgan payti Styles Courtda mehmon boʻladi.
- Inspektor Japp - Shotlandiya yardining izquvari va tergovchisi.
- Emily Inglethorp - boy keksa ayol va Alfred Inglethortning rafiqasi. U sobiq eri janob Cavendishdan mol-mulkini va uyini meros qilib olgan. Emily asardagi voqea qurboni.
- Alfred Inglethorp - Emilyning ikkinchi eri va undan 20 yosh kichik.
- John Cavendish - Emilyning katta oʻgʻli, birinchi nikohidan. John ilgari advokat boʻlib ishlagan va Hastingsni koʻp yillar davomida tanigan.
- Mary Cavendish - Johnning rafiqasi va doktor Bauersteinning doʻsti.
- Lawrence Cavendish - Emilyning kichik oʻgʻli, birinchi nikohidan va Johnning ukasi. Tibbiyotni oʻrgangan hamda shifokorlik kasbi boʻyicha yuqori malaka egasi hisoblanadi.
- Dorcas - Inglethorp xonimning sodiq xizmatchisi.
Manbalar
tahrir- ↑ Marcum. „American Tribute to Agatha Christie: The Classic Years 1920s“ (2007-yil may). Qaraldi: 2013-yil 2-dekabr.
- ↑ Curran, John. Agatha Christie's Secret Notebooks. HarperCollins, 2009 — 33-bet. ISBN 978-0-00-731056-2.
- ↑ Neither Hastings' first name nor rank is given in this novel
- ↑ „Review“, The Times Literary Supplement, 78-bet, 3 February 1921
- ↑ „Review“, The New York Times Book Review, 50-bet, 26 December 1920
- ↑ „Review“, The Sunday Times, 7-bet, 20 February 1921
- ↑ „Christie's Life: 1925-1928: A Difficult Start“. The Home of Agatha Christie. Qaraldi: 2018-yil 16-oktyabr.
- ↑ The Mystery of Agatha Christie – A Trip With David Suchet (Directed by Claire Lewins). Testimony films (for ITV).
- ↑ 9,0 9,1 Morgan, Janet. Agatha Christie, A Biography. Collins, 1984. ISBN 0-00-216330-6.
- ↑ „Agatha Christie: The Indian hotel murder that inspired the queen of crime“ (en-GB) (2024-yil 13-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 31-yanvar.
- ↑ Christie, Agatha. The Mysterious Affair at Styles. John Lane Company, The Bodley Head, 1921 — 10–11-bet.