Yung, Yang Tomas (inglizcha: Thomas Young; 1773.13.6, Somerset grafligi, Milverton — 1829.10.5, London) — ingliz fizigi, vrachi va astronomi; yorugʻlik toʻlqin nazariyasini yaratuvchilardan biri. London va Qirollik jamiyati aʼzosi (1794), shu jamiyat kotibi (1802—28). London, Edinburg va Gyotting universitetlarida oʻqigan. London Qirollik instituti professor (180103). Fanda, asosan, fizik olim sifatida tanilgan. Koʻz akkomodatsiyasini taʼriflab bergan (1793), toʻlqinlar superpozitsiya prinsipini tavsiya etgan (1800). Birinchi boʻlib yorugʻlik interferensiyasini tushuntirgan (1801), „interferensiya“ atamasini kiritgan (1803). Yung tajribasi deb ataluvchi tajribani oʻtkazgan (1802). Ultrabinafsha nurlar interferensiyasini kashf etgan (1803). Rangli koʻrish nazariyasini ishlab chiqqan va rangli nurlarning toʻlqin uzunligini oʻlchagan (1803) va h.k. Siljish deformatsiyasini oʻrgangan, Yung moduli (qarang Elastiklik moduli) deb ataladigan fizik kattalikni kiritgan (1807).[4]

Thomas Yung
inglizcha: Thomas Young
Tavalludi 13-iyun 1773[1][2][3]
Vafoti 10-may 1829[1][3]
Fuqaroligi United Kingdom of Great Britain and Ireland
Otasi Thomas Young
Onasi Sarah Davies
Imzosi

Manbalar tahrir