TDMA (inglizcha: Time Division Multiple Access — vaqt boʻyicha taqsimotli koʻptarmoqli ruxsat berish tizimi) — radiochastotalarni qoʻllash usuli boʻlib, bunda bir chastota oraligʻida bir necha abonent mavjud boʻlsa, uzatish uchun turli hil abonentlar turli hil vaqtinchalik slotlaridan (intervallardan) foydalanadi.

Shunday qilib, TDMA qisqa muddat mobaynida har bir foydalanuvchiga oraliq chastotasidan foydalanishga toʻliq ruxsat beradi (GSM da bir chastotali interval 8 ta vaqtinchalik slotlarga boʻlinadi). TDMA hozirgi kunda mobil uyali aloqa uchun etakchi texnologiya hisoblanib, GSM, TDMA, (ANSI-136), PDC standartlarida foydalaniladi. Bundan tashqari, sputnik aloqa tizimida va kabel tarmoqlarida qoʻllanadi.

Manbalar

tahrir