Timo Werner (1996-yil 6-martda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynaydi. „RB Leipzig“ va Germaniya terma jamoasi futbolchisi.

Timo Werner
2018-yil Werner Germaniya safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Timo Werner[1]
Tavallud sanasi 6-mart 1996-yil (1996-03-06) (28 yosh)[2]
Tavallud joyi Stuttgart, Germaniya
Boʻyi 1.80 m[3]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
RB Leipzig
Raqami 11
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
TSV Steinhaldenfeld
2002-2013 VfB Stuttgart
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013-2016 VfB Stuttgart 95 (13)
2014 VfB Stuttgart II 1 (1)
2016-2020 RB Leipzig 127 (78)
2020-2022 Chelsea 56 (10)
2022- RB Leipzig - (-)
Milliy terma jamoa
2010-2011 Germaniya U15 4 (3)
2011-2012 Germaniya U16 5 (2)
2012-2013 Germaniya U17 18 (16)
2013-2015 Germaniya U19 14 (10)
2015-2016 Germaniya U21 7 (3)
2017- Germaniya 53 (24)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(7-may uchun)

Werner oʻzining katta klubdagi faoliyatini 2013-yilda VfB Shtutgartda boshlagan va klubning eng yosh debyutanti va eng yosh toʻpurarga aylangan. U 2016-yilda 20 yoshida RB Leipzigga 10 million yevro evaziga transfer qilingan va bu oʻsha paytdagi rekord transferga aylangan. U Bundesligada 200 oʻyin oʻtkazgan eng yosh futbolchi sifatida rekord oʻrnatdi. Werner, shuningdek, 2019-20-yilgi mavsumda liganing ikkinchi eng koʻp gol urgan futbolchisi boʻldi. „Leipzig“ning barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurariga aylanganidan soʻng, Werner 2020-yilda „Chelse“ga 50 million yevro evaziga transfer qilindi va klubdagi birinchi mavsumidayoq UEFA Chempionlar ligasini qoʻlga kiritdi. Hujumchi 2022-yil yozgi transferlar paytida oʻzining eski klubi RB Leipzigga qaytdi. Transfer summasi 20 million yevroni tashkil etdi.

Werner Germaniya terma jamoasi safida yoshlar o‘rtasidagi xalqaro miqyosdagi musobaqada to‘purar bo‘lgan va turli yosh guruhlarida 48 ta o‘yinda 34 ta gol urgan. Werner 2017-yilda kattalar jamoasi safida debyut qildi va Germaniyaga 2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida gʻalaba qozonishga yordam berdi hamda turnirning eng koʻp gol urgan futbolchisi sifatida „Oltin butsa“ni qoʻlga kiritdi. U shuningdek, 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevro-2020da Germaniya sharafini himoya qilgan.

Yoshlik tahrir

Werner Shtutgartda, Baden-Vyurtembergda[4] futbolchi Günther Schuh (talaffuzi: Gyunter Shux) va Sabine Werner oilasida tugʻilgan[5].

Klubdagi faoliyati tahrir

VfB Stuttgart tahrir

 
Werner VfB Stuttgart safida 2013-yil

Werner 2002-yilda VfB Stuttgart akademiyasiga qoʻshilishdan oldin TSV Steinhaldenfeldda oʻynagan[6]. 2012-13-yilgi mavsumda u oʻsha paytda atigi 16 yoshda boʻlishiga qaramay, U19 jamoasiga qabul qilindi. Oʻsha mavsumda u 24 ta gol urdi va 2013-yilda 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi oltin Fritz Valter medalini qoʻlga kiritdi[7].

Werner oʻsha yili 2013-14-yilgi UEFA Yevropa ligasi saralash bosqichida PFC Botev Plovdivga qarshi oʻyinda debyut qildi[8][9]. Shu tariqa, u 17 yosh, 4 oy va 25 kunligida Stuttgart safida rasmiy o‘yinda maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo‘ldi va Gerhard Poschner rekordni yangiladi[7][10]. Keyingi haftalarda u Stuttgartning Bundesliga va DFB-Pokaldagi eng yosh oʻyinchisiga aylandi va klub safida birinchi golini Ayntraxt Frankfurtga qarshi oʻyinda urganidan keyin eng yosh toʻpurarga aylandi[10]. U 10-noyabr kuni „SC Freiburg“ ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yinda dubl qayd etib, navbatdagi rekordni yangiladi va shu tariqa Bundesliga tarixidagi bir o‘yinda ikkita gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi[11].

RB Leipzig tahrir

 
Verner 2019-yilda „RB Leipzig“ safida

2016-yilning 11-iyunida Werner „RB Leipzig“ bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi, transfer narxi 10 million yevroni tashkil etdi[12][13]. 2016-yil 26-sentabrda u Bundesliganing 100 ta o‘yinida maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo‘ldi[14]. Shu tariqa, u ilgari Julian Drakslerga tegishli bo‘lgan rekordni 22 kunga yaxshiladi, u 2019-yilda Havertzdan o‘tib ketdi[15][16]. Werner Bundesliganing 2016-17-yilgi mavsumini 21 gol bilan yakunladi va bu natija uni divizionda Germaniyaning yetakchi toʻpurariga aylantirdi va RB Leipzigga klub tarixida birinchi marta UEFA Chempionlar ligasiga yoʻllanma olishiga oʻz hissasini qoʻshdi[17][18].

Chelsea tahrir

 
Werner 2021-yil „Zenit“ darvozasiga gol urishi.

2020-yil 18-iyun kuni Werner Angliya Premer ligasining „Chelsi“ klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Bu transfer London klubiga 47,5 million funt sterlinga tushdi. U klubga 1-iyul kuni kelib qoʻshildi[19]. U 14-sentabr kuni „Brighton & Hove Albion“ ga qarshi safarda 3:1 hisobidagi g‘alaba qozonilgan uyinda debyutini o‘tkazdi[20]. 29-sentabr kuni Werner „Chelsi“da birinchi golini „Tottenham“ga qarshi oʻyinda (1:1) kiritdi[21]. 17-oktyabr kuni Werner dubl qayt etdi va bu uning birinchi gollari edi[22]. 28-oktyabr kuni u Chempionlar ligasidagi ilk golini Rossiyaning "Krasnodar" jamoasi darvozasiga penaltidan kiritdi[23].

Terma jamoadagi faoliyat tahrir

 
Werner 2019-yilda Germaniya safida

Werner Germaniyani yoshlar jamosida himoya qilgan, U15, U16, U17, U19 va U21 jamoalarida oʻynagan va jami 48 oʻyinda 34 ta gol urgan. 2010-yilda u Germaniya U15 terma jamoasi safida Polshaga qarshi oʻyinda birinchi marta xet-trik qayd etgan. Ikki yil oʻtgach, u 2012-yilgi UEFA U17 Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan Germaniya jamoasining aʼzosi edi[24].

Werner 2017-yil 22-26-mart kunlari Angliyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida va 2018-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Ozarbayjonga qarshi oʻyinda nbosh murabbiy Joachim Löw (talaffuzi: Yoaxim Lyov) tomonidan 2017-yilda Germaniya terma jamoasiga chaqirilgan edi[25].

Oʻyin uslubi tahrir

Werner tezligi tufayli „Turbo Timo“ degan nom bilan mashhur[26]. Mehnatkash va baquvvat hujumchi, u yoshligida dastlab vinger sifatida oʻynagan, keyin hujumchi va markaziy hujumchi ampluasiga oʻtgan. U oʻzining jismoniy tayyorgarligi, havodagi oʻyini yoki toʻpni ushlab turishi bilan mashhur boʻlmasa-da, u ajoyib toʻpurar, toʻpsiz ajoyib harakat qila oladi, shuningdek, oʻng oyogʻi bilan penaltidan ham, jarima maydoni ichidan ham kuchli va aniq zarba bera oladi. Maydonda u odatda chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, oyogʻi bilan darvozaga kuchli va aniq zarba berishni afzal koʻradi, hatto oʻng qanotdan hujum uyushtirib, chap oyogʻida ham aniq zarba bera oladi.

Yutuqlari tahrir

RB Leipzig

  • DFB-Pokal 2-oʻrin: 2018-19[27]

Chelsea

Germaniya

  • FIFA Konfederatsiyalar kubogi: 2017[34]

Shaxsiy yutuqlari tahrir

  • Fritz Valter oltin medali (U17): 2013[35]
  • Fritz Valter kumush medali (U19): 2015[36]
  • UEFA Chempionlar ligasi turniri ramziy jamoasi: 2017[37]
  • FIFA Konfederatsiyalar kubogi „Oltin butsa“ sohibi: 2017[38]
  • UEFA Yevropa ligasining mavsum ramziy jamoasi aʼzosi: 2017-18[39]
  • Bundesliganing mavsum ramziy jamoasi aʼzosi: 2019-20[40]
  • Bundesliganing mavsum ramziy jamoasi aʼzosi: 2019-20[41]
  • Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2019-yil noyabr, 2019-yil dekabr[42]

Manbalar tahrir

  1. „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Germany“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Timo Werner: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  3. „Timo Werner“. Chelsea F.C.. Qaraldi: 2022-yil 18-iyul.
  4. „Timo Werner: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  5. „The rise and rise of RB Leipzig's Timo Werner from Mario Gomez fan to Germany's number one forward“. Bundesliga. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  6. „Timo Werner“ (de). kicker. Olympia-Verlag. Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  7. 7,0 7,1 „The rise and rise of RB Leipzig's Timo Werner from Mario Gomez fan to Germany's number one forward“. Bundesliga. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  8. „The rise and rise of RB Leipzig's Timo Werner from Mario Gomez fan to Germany's number one forward“. Bundesliga. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  9. „Lineups Botev Plovdiv – VfB Stuttgart“. UEFA (2013-yil 1-avgust). Qaraldi: 2013-yil 1-avgust.
  10. 10,0 10,1 „Timo Werner: The Next Star in Stuttgart's Skyline?“. Bundesliga Fanatic (2013-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 16-fevral.
  11. „Blitzstarter: Ibisevic und Werner ebnen den Weg“ (de). kicker. Olympia-Verlag (2013-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 10-iyun.
  12. „Leipzig snare Werner from Stuttgart“. Bundesliga (2016-yil 15-iyun).
  13. „Werner wechselt für zehn Millionen Euro nach Leipzig“ (de). kicker. Olympia-Verlag (2016-yil 11-iyun). Qaraldi: 2017-yil 10-iyun.
  14. „Werner becomes youngest member of Bundesliga 100 club“. Bundesliga (2016-yil 26-iyun).
  15. Uersfeld. „RB Leipzig's Timo Werner is youngest to play 100 Bundesliga games“. ESPN (2016-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 20-fevral.
  16. „Kai Havertz: 100 Bundesliga appearances for Bayer Leverkusen at 20“. Bundesliga (2019-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 17-dekabr.
  17. „Werner's originals give Germany striking solution“. The World Game. SBS (2017-yil 26-iyun).
  18. „A brace each for Werner and Selke as Leipzig reach the Champions League“. German Football Association (2017-yil 6-may).
  19. „Timo Werner: Chelsea agree to sign forward from RB Leipzig on five-year deal“. BBC Sport (2020-yil 18-iyun). Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.
  20. „Timo Werner gives Chelsea new dimension in win over Brighton“. Sky Sports (2020-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 15-sentyabr.
  21. „Tottenham 1-1 Chelsea (5-4 pens): Werner off the mark but Mount miss sends Spurs through“. Goal (2020-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 30-sentyabr.
  22. „Werner left 50 per cent happy with first Premier League goals as Chelsea throw two points away“. Goal (2020-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 17-oktyabr.
  23. „Timo Werner reflects on resilience shown to withstand pressure and penalty-taking options“. Chelsea F.C. (2020-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 29-oktyabr.
  24. „Ten things: Leipzig and Germany Under-21 forward Timo Werner“. Bundesliga (2016-yil 30-noyabr).
  25. „'Absolut verdient': Löw nominiert Werner erstmals“ (de). kicker. Olympia-Verlag (2017-yil 17-mart). Qaraldi: 2017-yil 10-iyun.
  26. „Timo Werner: 10 things on the jet-heeled RB Leipzig and Germany striker“. Bundesliga. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
  27. „DFB-Pokal 2018/19, Finale in Berlin: RB Leipzig 0:3 Bayern München: Takt. aufstellung“ (de). kicker. Olympia-Verlag. Qaraldi: 2020-yil 6-iyul.
  28. McNulty, Phil. „Man. City 0–1 Chelsea“. BBC Sport (2021-yil 29-may). Qaraldi: 2022-yil 14-may.
  29. Sterling, Mark. „Chelsea 1–1 Villarreal“. BBC Sport (2021-yil 11-avgust). Qaraldi: 2022-yil 14-may.
  30. „Chelsea 2–1 Palmeiras“. BBC Sport (2022-yil 12-fevral). Qaraldi: 2022-yil 14-may.
  31. McNulty, Phil. „Chelsea 0–1 Leicester City“. BBC Sport (2021-yil 15-may). Qaraldi: 2022-yil 14-may.
  32. McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (2022-yil 14-may). Qaraldi: 2022-yil 14-may.
  33. McNulty, Phil. „Chelsea 0–0 Liverpool“. BBC Sport (2022-yil 27-fevral). Qaraldi: 2022-yil 14-may.
  34. „Match report: Chile – Germany“. FIFA. 2019-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  35. „XI: Fritz Walter medal winners“. Bulinews. Qaraldi: 2020-yil 19-iyul.
  36. „Tah heads up 2015 Fritz Walter Medal winners | DW | 30 July 2015“. Deutsche Welle. Qaraldi: 2020-yil 19-iyul.
  37. „Champions League breakthrough team of 2017“. UEFA.com: The official website for European football (2017-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 24-dekabr.
  38. „Awards list dominated by victorious Germans“. FIFA (2017-yil 2-iyul). 2017-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  39. „UEFA Europa League Squad of the 2017/18 Season“. UEFA (2018-yil 17-may).
  40. „Bundesliga Fantasy Manager Team of the Season 2019/20“. Bundesliga (2020-yil 28-avgust). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  41. „Sechsmal Bayern, einmal Gladbach: Die kicker-Elf der Saison (2019/20)“ (de). kicker (2020-yil 3-iyul). Qaraldi: 2020-yil 3-sentyabr.
  42. „Bundesliga Player of the Month“. Bundesliga. Qaraldi: 2020-yil 24-yanvar.