Tirkama — dvigatelsiz gʻaldirakli transport vositasi. Dvigatelli transport vositasi (avtomobil, traktor)ga tirkab ishlatiladi (nomi shundan). Oddiy va maxsus, bir, ikki va koʻp oʻqli turlari boʻladi. Oddiy 2 oʻkdi T. berk kuzov yoki bortli platforma bilan jihozlanadi. Maxsus T.ga muayyan yukni (mas., paxtani) tashish uchun moslashtirilgan kuzov oʻrnatiladi. Uzun yuklar (trubalar, taxtalar va boshqalar) uchun maxsus 2 gʻildirakli (bir oʻqli) T.ulamadan foydalaniladi. Bunday T. shatakchi mashinaga yukning oʻzi orqali tutashtiriladi. T. ga turli jihozlar (mas., kompressor styalar)ni oʻrnatish ham mumkin. Oddiy bir oʻqli T.ning yuk koʻtaruvchanligi 2 t dan, ikki oʻqliniki 8 t dan oshmaydi; boʻlinmaydigan yirik yuklarni tashish uchun moʻljallangan T.niki —20—25 t. T.larning barchasi ye’ritish asboblari, gabarit chiroklari, tanish belgilari bilan taʼminlanadi.