Titrimetrik analiz - aniqlanayotgan modda miqdorini shu modda bilan oʻzaro reaksiyaga kirishish uchun sarflangan reaktiv miqdoriga qarab aniqlashga asoslangan miqdoriy analiz usuli.Titrimetrik analizda kislota-asos, oksidlanish-qaytarilish, kompleks hosil qilish kabi kimyoviy reaksiyalarni ham aniqlash mumkin. Titrimetrik analizning barcha aniqlash usullarida titrlash ekvivalentlik nuqtasigacha, yaʼni standart titrlangan eritmaning miqdori reaksiya tenglamasiga muvofiq, modda miqdoriga qatʼiy ekvivalent boʻlgan paytgacha oʻtkaziladi. Shu sababli titrlash tugaganligini bildiruvchi indikatorlarning Titrimetrik analiz da ahamiyati katta.

Aniqlash usuliga koʻra, toʻgʻri (bevosita), qoldiqli, bilvosita va differensial titrimetrik analiz farqlanadi. Koldiqdi usul aniqlanadigan modda standart, titrlangan eritma bilan reaksiyaga kirishmaganda yoki reaksiyaga juda sust kirishganda qoʻllanadi. Bilvosita usulda modda standart titrlangan eritma bilan bevosita reaksiyaga kirishmaganda amalga oshiriladi. Differensial usul bir vaqtda 2 moddani aniqlashda qoʻllanadi.

Kimyoviy reaksiyalar jarayoniga qarab. Titrimetrik analiz:kislota-asos, oksidlanish-qaytarilish, kompleksometriya, cho'kmaga tushirish usullariga; titrlashning oxirgi nuqtasini indikatsiyalash usuliga koʻra, rangli indikator, potensiometrik, ampermetrik, konduktometrik titrlashga boʻlinadi.