Toʻlqin Teshabayev
Teshabayev Toʻlqin Zakirovich — Toshkent moliya instituti rektori[1] (2020-yildan), Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori (2016-2020)[2]. Toʻlqin Teshaboyev mahalliy oliy oʻquv yurtlari rahbarlari orasida 2016-yilda birinchi boʻlib TATU rektorining virtual qabulxonasini ishga tushirdi[3]. 2018-yildan TATUda oʻqitishning kredit tizimini joriy etdi[4].
Teshabayev Toʻlqin Zakirovich | |
---|---|
![]() | |
TATU rektori | |
Mansabda 2016-yil 27-sentabr — 2020-yil 8-oktyabrgacha | |
Oʻtmishdoshi | Oʻtkir Hamdamov |
Vorisi | Sarvar Boboxoʻjayev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 16-noyabr 1962-yil (59 yosh) |
Fuqaroligi | O'zbekiston |
FaoliyatTahrirlash
- 1984-1985 yy. — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti avtomatlashtirilgan elektr aloqa kafedrasi laboranti
- 1985-1987 yy. — Harbiy xizmatda
- 1987-1988 yy. — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlari kafedrasi texnigi
- 1988-1994 yy. — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti telekommunikatsiya tarmoqlari va kommutatsiya tizimlari kafedrasi ishlab chiqarish ustasi
- 1994-2003 yy. — Toshkent elektrotexnika aloqa instituti birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi
- 2003-2009 yy. — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti moliya va iqtisod masalalari bo‘yicha prorektori
- 2009-2012 yy. — O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi raisi
- 2012-2014 yy. — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori
- 2014-2016 yy. — O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rais o‘rinbosari
- 2016-2020 yy. — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori [5]
- 2020-y.-h.v. — Toshkent moliya instituti rektori.