Toʻrtkoʻl — qadimgi yaxlit yassi qirlarning yemirilishidan qolgan supasimon tepalar. Toʻrtkoʻlda choʻkindi tub jinslar qatlamlari gorizontal yotadi. Amudaryo etagida koʻp uchraydi. Baʼzan toʻda-toʻda joylashib Toʻrtkoʻl tipli relyef hosil qiladi.