Toʻraqoʻrgʻon IES (oʻzbekcha: To'raqo'rg'on IES) – Oʻzbekistonning Namangan viloyatida joylashgan issiqlik elektr stansiyasi.

Toʻraqoʻrgʻon IES
Mamlakat  Oʻzbekiston
Joylashuvi Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumani
Geotermal koni Katta Namangan kanali
Egasi Oʻzbekenergo
Boshqaruvchisi „Oʻzbekenergo“ AJ
Asosiy tavsifi
Yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishi 6800 mln kVt⋅s
Elektr quvvati, MVt 900 MVt
Uskunalar tavsifi
Qo’shimcha ma’lumotlar
Sayt tkg-ies.uz
Xarita
Toʻraqoʻrgʻon IES (Dunyo)
Toʻraqoʻrgʻon IES

Koordinatalari: 40°59′46″N 71°27′23″E / 40.99611°N 71.45639°E / 40.99611; 71.45639 G O

Namangan Viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida joylashgan IES

Elektr stansiyasi Fargʻona vodiysining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini qoplashi kutilgan. Zavodning umumiy loyihaviy qiymati 1 milliard 195 million 870 ming AQSH dollarini tashkil etgan. Birinchi energiya blokini ishga tushirish 2019-yilning dekabrida, ikkinchisi 2020-yilning martida amalga oshirilgan[1]. 2017-yilda ikkala quvvat blokining ishga tushirilishi avvalroq eʼlon qilingan edi[2].

Faoliyati tahrir

2020-2021 yil Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish hamda stansiyaning toʻliq quvvatlarda ishlashini taʼminlash maqsadida 2020-yil 9-11 oktyabr kunlari vaqtinchalik toʻxtatilgan Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stansiyasining ikkita bugʻ-gaz qurilmasi faoliyati toʻliq tiklandi. Ushbu bugʻ-gaz qurilmalarining ishga tushirilishi bilan Toʻraqoʻrgʻon IESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining belgilangan quvvatlarda uzatilishi yoʻlga qoʻyildi.

Stansiyada oʻrnatilgan bugʻ-gaz qurilmasi mamlakatimiz IESlarida joriy etilgan eng yetakchi energosamarador uskuna hisoblanadi. Umumiy quvvati 900 MVt boʻlgan ushbu qurilmalar bir sutkada 21 mln.kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, stansiyaning foydali ish koeffisienti 57 foizdan ortiqni tashkil qiladi.

Toʻraqoʻrgʻon IES bugʻ-gaz qurilmalarining joriy koʻrigidan soʻng mazkur elektr stansiya 2020-2021-yillar kuz-qish mavsumida samarali va uzluksiz elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻldi. Ushbu bugʻ-gaz qurilmalarining ishga tushirilishi bilan Toʻraqoʻrgʻon IESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining belgilangan quvvatlarda uzatilishi yoʻlga qoʻyildi.

Stansiyada oʻrnatilgan bugʻ-gaz qurilmasi mamlakatimiz IESlarida joriy etilgan eng yetakchi energosamarador uskuna hisoblanadi. Umumiy quvvati 900 MVt boʻlgan ushbu qurilmalar bir sutkada 21 mln.kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Shu bilan birga, stansiyaning foydali ish koeffisienti 57 foizdan ortiqni tashkil qiladi.

To‘raqo‘rg‘on IES: suv nasos uskunalari va yoqilg‘i ta’minoti tizimi barqaror ishlari uchun nazorat tadbirlari o‘tkazildi

Fargʻona vadiysini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi asosiy elektr stansiya hisoblangan Toʻraqoʻrgʻon IESda ishlab chiqarish jarayoniga halaqit bermagan holda, suv nasoslari uskunalari hamda yoqilgʻi taʼminoti tizimida nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

Bu kabi ishlar joriy qish mavsumida ishlab chiqarish quvvatlari barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Tarixi tahrir

Boʻlajak elektr stansiyasi hududida umumiy qurilish ishlari 2013-yil avgust oyida boshlangan[3].

2014-yil 10-noyabrda Toshkentda JICA bilan hamkorlikda Fargʻona vodiysida issiqlik elektr stansiyasini qurish uchun Oʻzbekiston hukumatiga 40 yil muddatga yillik 0,3 % stavkada 10 yillik imtiyozli davr asosida 71,839 million yevro[4] miqdorida kredit ajratish toʻgʻrisida bitim imzolangan[5].

2015-yil oxirida elektr stansiyasini qurish uchun tender eʼlon qilingan[6]. Ushbu tenderda gʻoliblikni Yaponiyaning,,Mitsubishi Corporation" kompaniyasi qoʻlga kiritgan[3].

Havolalar tahrir

Manbalar tahrir

  1. Сатторов, Акрамжон „Когда завершится строительство Туракурганской ТЭС?“. УзА (2018-yil 2-aprel). 20-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyun.
  2. „Внеочередная сессия Наманганского областного Кенгаша народных депутатов“. УзА (26-oktabr 2015-yil). 18-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyun.
  3. 3,0 3,1 „Mitsubishi выиграла тендер на строительство Туракурганской ТЭС“. Газета.uz (26-oktabr 2016-yil). 29-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyun.
  4. „Постановление Президента Республики Узбекистан «О первоочередных мерах по реализации проекта „Строительство Туракурганской тепловой электростанции“» от 7 ноября 2014 года № ПП-2260“. 26-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2018-yil.
  5. „Подписано заемное соглашение по проекту строительства Туракурганской ТЭС“. УзА (11-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 2018-yil 23-iyun.
  6. „Приглашение к тендерным торгам по проекту «Строительство Туракурганской тепловой электростанции»“. АО «Узбекэнерго» (29-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 2018-yil 23-iyun. [sayt ishlamaydi]