Togʻ jinslarining metamorfizmi

Togʻ jinslarining metamorfizmi (yun. metamorphoomai — oʻzgaraman) — Yer poʻstidagi togʻ jinslarining mineral va kimyoviy tarkibi, struktura va teksturalarining hamda chuqur flyuidlar (uchuvchi komponentlar), bosim, temperatura taʼsiri ostida mantiyaning jiddiy oʻzgarishi. "Togʻ jinslarining metamorfizmim." termini ingliz geologi Ch. Layel tomonidan 1883-yilda kiritilgan. Togʻ jinslarining metamorfizmim. har doim tektonik dislokatsiyalar (burmalanish, chuqur yoriqlar), baʼzan magmatik massalarning koʻtarilishi bilan bogʻliq boʻlib, jinslar erimagan kristall (qattiq yoki plastik) holatida (ularga nurash, choʻkindilarning diagenezi va sementlanishi, yer yuzasiga yaqin joylardagi jipelashish jarayonlari tegishli emas) sodir buladi. Dislokatsiyalar Yerning chuqur zonalarigacha yetib borib, flyuidlarning yuqoriga yoʻnalgan oqimining hosil boʻlishi va magmatizmning rivojlanishiga olib keladigan temperaturaning koʻtarilishini, Togʻ jinslarining metamorfizmim.ni, endogen konlarning hosil boʻlishini tezlashtiradi. Bu jarayonlar genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq boʻlib, Yer poʻsti evolyutsiyasi surʼati davomida jismlarning yuqoriga yoʻnalgan migratsiyasini aks ettiradi. Togʻ jinslarining metamorfizmim. metamorfik togʻ jinslarining mineral tarkibini aniqgovchi omillar boʻlib, temperatura (T), metamorfizm rivojlanishining chuqurligi bilan aniqlanadigan litostatik bosim (Ps) va baʼzan NO2, N2, SO2, SN4, H2S, S12, Gʻ2 va boshqa flyuidlarning tarkibiga kiruvchi kimyoviy gazlarning potensiallari xizmat qiladi. Bu omillarning munosabatida (asosan, T, Ps, PH20), metamorfik jinslarda (metamorfizm fatsiyalari) eng asosiy minerallarning turgʻunlik oblastlari ajralib turadi, uning asosida metamorfizm darajasini oʻrganish va barcha metamorfik jinslarning boʻlinishi yotadi. Bir yoklamali bosim (stress) Togʻ jinslarining metamorfizmim.ning omili boʻlib xizmat qilmaydi, chunki unda yangi minerallar hosil boʻlmaydi. TTTu bilan bir vaqtda metamorfik togʻ jinslarining teksturasiga taʼsir qilib, flyuidlar uchun jinslarning oʻtkazuvchanligini koʻpaytiradi. Togʻ jinslarining metamorfizmim. uchuvchi komponentlarning (N2O, SO2, O2) faqatgina tarkibi oʻzgarganida, shartli ravishda izokimyoviy, boshqa komponentlarning (K2O, Na2O, CaO va boshqalar) oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlganda allokimyoviy; togʻ jinslari kimyoviy tarkibining intensiv (jadal) lokal oʻzgarishlarida, komponentlarning bir qismi butkul harakatdagi tarkibga oʻtganda Togʻ jinslarining metamorfizmim. metasomatizm deyiladi. Dastlabki minerallarning kimyoviy tarkibi oʻzgarishi darajasi, izokimyoviy metamorfizm — allakimyoviy metamorfizm — metasomatizm jarayonlari bilan bir qatorda oʻsib boradi. Togʻ jinslarining metamorfizmim. juda katta hajmdagi togʻ jinslarini qurshab olishi mumkin (togʻ jinslarining regional metamorfizmi) yoki mahalliy boʻlib, otqindi jinslar bilan kontaktda (kontaktli metamorfizm) yoki yorikdarda (yorikdi metamorfizm) boʻladi. Geosinklinal rivojlanishi tarixida erta (granitgacha) boʻlgan natriy tavsifidagi (splitlar, albitxloritli va glaukofanli slanetslar, evkogitlarning hosil boʻlishi), plagiogranitlarning shakllanishi bilan bogʻliq (plagimigmatitlar, plagigneyslar, albitli slyudali slanetslar va boshqalar) yoki normadagi kaliy granitli (migmatitlar, gneyslar, slyudali slanetslar, fillitlar va boshqalar) Togʻ jinslarining metamorfizmim. farq qilinadi. Geosinklinallarning erta rivojlanishida, metamorfik mintaqalar evolyutsiyasida metamorfizmning natriyli tavsifi, metamorflashgan eritmalarda kaliyning roli kuchayishi yoʻnalishida oʻzgaradi. Tra koʻtarilganda sodir boʻladigan Togʻ jinslarining metamorfizmim. progressivli deb ataladi. U tub jinslarda uchuvchi komponentlarning yoʻqolishi mobaynida kuzatiladi. Tra pasaygan vaziyatdagi teskari jarayon togʻ jinslarining regressivli metamorfizmi deyiladi. Takroriy regressivli metamorfizm diaftorez deb ataladi (yana Q. Petrografiya).