Togʻ kompasi — togʻ jinslari qatlamining yotish elementlari: yotish burchagining oʻlchami, ogʻish va yoʻnalish tomonlarini aniqlaydigan asbob. Toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi magnitlanmaydigan plastinka taglikka oʻrnatilgan kompas va qiyalik burchagini aniqlashga moslashtirilgan oyna koʻrsatgichdan iborat. Togʻ kompasining shim.—jan. yoʻnalishi (S—YU yoki N— S) taglikning uzun tomoniga parallel holda joylashtirilgan. Sharq — gʻarb tomonlari (V—3) oʻrni almashtirilib yozilgan. Kompas doirasi — limbi shim. qutbdan boshlab soat strelkasi harakatiga teskari yoʻnalishda 360° ga boʻlingan. Togʻ kompasi togʻ jinsi qatlamiga uning yotishiga perpendikulyar ravishda yonboshi bilan, "S" harfli tomonini esa yotish yoʻnalishi boʻylab joylashtirilganda limbada shoqul koʻrsatayotgan kichik burchak — qatlamning yotish burchagi, kompas yonboshi boʻylab qatlam yuzasidan oʻtkazilgan chiziq — yotish chizigʻi deyiladi. Yotish chizigʻiga perpendikulyar chiziq, qatlamning yoʻnalishini koʻrsatadi. Qatlam azimuti unga Togʻ kompasini gorizontal ravishda "S—YU" yoʻnalishini qatlam yoʻnalishi chizigʻiga moye joylashtirilganda magnit strelkasini shim. uchi doirasidagi koʻrsatkich — qatlam azimuti yoʻnalishi boʻladi. Togʻ kompasidan geol. qidiruv ishlarida foydalaniladi.