Tomsk politexnika universiteti
Tomsk politexnika universiteti – Rossiyadagi texnik universitet. 2013-yildagi Rossiyaning eng nufuzli universitetlari reytingida 5-100-oʻrinlarni qayd etgan. 2022-yilda Times Higher Education tomonidan tuzilgan World University Rankings reytingida 801-oʻrinni, 2023-yil U. S. News & World Report tomonidan tuzilgan reytingda 879-oʻrinni egallagan[1][2].
Национальный исследовательский Томский политехнический университет | |
Universitet binosi (2004-yil) | |
Shiori |
Bilim, erkinlik, farovonlik (Scientia, Libertas, Prosperitas) |
---|---|
Turi | davlat universiteti |
Asos solingan sanasi | 1896-yil |
Rektori | Leonid Sukhikh |
Talabalari | 11,500 |
Manzili |
Tomsk , |
Veb-sayti | tpu.ru/en |
Tarixi
tahrirSobiq nomlari:
|
Nikolay II nomidagi Tomsk texnologik instituti
tahrir1896-yilda Rossiya imperatori Nikolay II nomidagi Tomsk texnologik instituti sifatida tashkil etilgan. Bu vaqtda institutda 2 ta kafedra, mashinasozlik va kimyo muhandisligi mavjud boʻlgan. Rossiya davlat kengashi institut negizida 4 boʻlim (mashinasozlik, kimyo muhandisligi, konchilik va qurilish muhandisligi)dan iborat politexnika institutini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Universitetning hozirgi asosiy binosi 1897-1907 yillarda arxitektor Robert Marfeld loyihasiga asosan barpo etilgan.
Hukumat tomonidan institutning rektori sifatida faoliyat olib borish uchun Dmitriy Mendeleyev taklif qilinadi. Biroq olim sogʻligʻidagi muammolar sabab bu taklifnini rad etadi. 1899-yilda Mendeleyevning shogirdi Efim Zubashev institutning rektori lavozimiga tayinlanadi.
1917-yilgi inqilobdan soʻng
tahrir1925-yilda institut Jerjinskiy nomidagi Sibir texnologik instituti deb oʻzgartirildi. 1930-yilda institut quyidagi institutlarni oʻz ichiga olgan:
- Sibir geologiya-qidiruv instituti (Tomsk)
- Gʻarbiy Sibir mashinasozlik instituti (Tomsk);
- Sibir kimyo muhandislik instituti (Tomsk);
- Gʻarbiy Sibir konchilik instituti (Tomsk);
- Gʻarbiy Sibir qishloq xoʻjaligi muhandislik instituti (Novosibirsk);
- Sibir temir yoʻl transporti muhandislari instituti
- Sibir geologiya-qidiruv instituti (Tomsk)
1935-yil 5-martda SSSR Butunittifoq Markaziy ijroiya qoʻmitasi qaroriga binoan institutga Sergey Kirov nomi berildi. 1940-yilda institut „Mehnat qizil bayroq“ ordeni bilan taqdirlandi.
1941-49
tahrir1941-45-yillarda institutning amaliy mashgʻulotlari Tomskdagi evakuatsiya qilingan sanoat korxonalariga qaratilgan edi. 1944-yilda institut Kirov nomidagi Tomsk politexnika instituti deb oʻzgartirildi. 1957-yilda Kirov nomidagi Tomsk politexnika instituti qoshida amaliy fizika ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi. 1959-yilda instituning fizika-muhandislik fakultetining kechki taʼlim boʻlimi ochildi.
1960-2019
tahrir1962-yilda institut radiotexnika fakulteti negizida Tomsk radioelektronika va elektron texnologiyalar instituti tashkil etildi. 1971-yilda Tomsk politexnika instituti „Oktyabr inqilobi“ ordeni bilan taqdirlandi. 1981-yilda institut huzurida kibernetika ilmiy oʻquv markazi tashkil qilingan. 1991-yil 18-oktyabrda RSFSR Vazirlar kengashi tomonidan „Tomsk politexnika institutini Tomsk politexnika universiteti sifatida qayta tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilindi.
2020-hozirgacha
tahrirUniversitetning sobiq rektori Dmitriy Andreevich Sednev 2022-yil mart oyida Yevropa universitetlar assotsiatsiyasi tomonidan lavozimidan ozod etilgan. Institutning Yevropa universitetlar assotsiatsiyasi tashkilotiga aʼzolik maqomi olib tashlangan.
Reytinglardagi oʻrni
tahrirReytinglar | Rossiyada | Yevropada | Jahonda | Yil |
---|---|---|---|---|
World University Rankings | 801 | 2022[3] | ||
U. S. News & World Report | 879 | 2023 | ||
University Ranking by Academic Performance (URAP) | 862 | 2020 | ||
2020-yilda Rossiyaning eng nufuzli 100 universiteti (Forbes) | 7 | 2020 | ||
QS World University Rankings | 501-550 | 2014 | ||
Rossiya | 7 | 2013 | ||
Classbase | 16 | 510 | 1,379 | 2013 |
Web of World Universities | 12 | 2013 | ||
SCImago | 19 | 142 | 2,421 | 2012 |
Galereya
tahrir-
Universitetning asosiy binosi
-
Asosiy kampus
-
Fizika fakulteti binosi
-
10-sonli kampus
-
Ikkinchi jahon urushining sharqiy frontiga bagʻishlangan yodgorlik
-
2016-yilda Rossiyaning eng yaxshi oʻquv kampusi deya eʼtirof etilgan institutning kampusi
-
Universitet kutubxonasi
Manbalar
tahrir- ↑ „University Ranking by Academic Performance (URAP) 2019-2020 World University Ranking“. muratalper.com.
- ↑ „TPU“. USnews. Qaraldi: 2022-yil 22-dekabr.
- ↑ S.L.U, Course Guru „All 6 Universities in Tomsk | Rankings & Reviews 2022“. UniversityGuru.