Tovuqli divan (inglizcha: Chicken Divan, odatda brokkoli va Morna sousi bilan birga tortiluvchi tovuq goʻshtli zapekankasi hisoblanadi. U ixtiro qilingan joyi — Nyu-Yorkdagi „Chatham Hotel“ning Divan Parisien restorani sharafiga nomlangan boʻlib, XX asr boshlarida u yerdagi mashhur taom boʻlib xizmat qilgan[1]. Lagasi ismli oshpaz mazkur taomning asoschisi hisoblangan[2].

Tovuqli Divan
Milliy oshxona AQSh
Asl nomi (ingl.)
Kelib chiqishi AQSh
Muallifi Lagasi
Yaratilgan yili XX asr boshlanishida
Asosiy komponentlari tovuq, brokkoli, Morne sousi

Qaynatilgan yoki pishirilgan tovuq boʻlaklari pishloqli sousda blanshiralangan brokkoli bilan aralashtiriladi, soʻngra qolgan barcha masalliqlar uning topping qilinadi va pishirish uchun pechga yuboriladi. Taom odatda oddiy parmezan pishloqidan tayyorlanadi va oddiy amerikacha oshxonaning ajralmas qismi hisoblangan, amerikancha klassik zapekanga boʻlib qoladi[1][3]. Oldindan pishirilgan tovuq koʻkrak goʻshtkari, tayyorlangan mayonez va konservalangan shoʻrva yordamida „tezkor“ versiyasiga koʻra tayyorlanishi mumkin[4]. Baʼzi turlari kartoshkali chipslar bilan qoplangan boʻladi[5].

Tarixi tahrir

1950-yillarning oxiri va 1960-yillarning boshlariga kelib, oshpazlik kitoblarida koʻplab Tovuqli Divan retseptlari mavjud, ammo ularning asli shubhali, chunki haqiqiy retsept uzoq vaqt sir saqlangan. Bosh ofitsiant Divan Parisienning maslahatlariga asoslanib, taom qaynatilgan tovuq koʻkragi goʻshtlari, brokkoli va pishloqli beshamel yoki tuxum sarigʻi qoʻshilgan Morna sousidan tayyorlanadi[6].

Eslatmalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Villas, James. Crazy for Casseroles. The Harvard Common Press, 2003. ISBN 978-1-55832-217-2.  (Wayback Machine saytida 4-aprel 2008-yil sanasida arxivlangan)
  2. „Chicken Divan Recipe“. totalrecipesearch.com (15-yanvar 2015-yil). 16-mart 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-aprel 2015-yil. (Wayback Machine saytida 16-mart 2015-yil sanasida arxivlangan)
  3. Divan iz kuritsi
  4. „Quick Chicken Divan at All Recipes“. 15-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-may 2022-yil.
  5. Mom’s Chicken Divan
  6. Lovegren, Sylvia. Fashionable Food: Seven Decades of Food Fads. University of Chicago Press.