Tunka soyligi — Buryatiya Respublikasining gʻarbidagi togʻlararo pastlik. Tunka Goletslari (shim. da) va XamarDaban tizmalari (jan.da) orasida. Uzunligi 200 km, eni 20–50 km. Bir qancha mustaqil soyliklardan iborat. Toʻptoʻp tilogʻoch oʻrmonlari uchraydi. Oʻrmonli dasht qismidaoʻtloq oʻsimliklari, kichik maydonlarda qayin, togʻ terak, tilogoch oʻrmonlari bor. Gʻalla yetishtirish va sut chorvachiligi rivojlangan. Mineral buloklar mavjud.