Tunkat — oʻrta asr shahar xarobasi (mil. 512-asrlar). Ohangaron daryosi havzasida joylashgan. M. Y. Masson (192934) va Y. F. Buryakov (195962) tomonidan arxeologik qazishma ishlari olib borilgan. Umumiy maydoni 50 ga. Ark, shahriston va raboddan iborat boʻlib, atrofi mudofaa devori bilan oʻralgan. Tunkat oʻrnidagi qishloq 5-asr boshlarida chorvador qabilalarning oʻtroqpashishi tufayli vujudga kelgan. 6-asrga kelib qishloq shaharga, 6-asr oxirida esa Iloq poytaxtiga aylangan. Qoramozor togʻlarida oltin va kumush konlari mavjuddigi Tunkatning tez taraqqiy etishiga imkon bergan. Tunkat arkida hokim saroyi, masjid qurilgan. Shahriston va raboddan koʻplab metall, shisha va sopol buyumlarning topilishi, Tunkatda hunarmandchilik rivoj topganidan darak beradi. Tunkatdan, shuningdek, zebziynat buyumlari, qurolyarogʻlar va koʻplab tangalar topilgan. Tunkatning oʻz zarbxonasi boʻlgan. Qoraxoniylar bilan kurash, qazilma boyliklarining tugab qolishi va Tunkatning savdo yoʻlidan chetga chiqib qolishi natijasida 11-asrning 2yarmidan shahar tanazzulga uchragan. 12-asrdan Tunkat kimsasiz, tashlandiq holga kelib qolgan.

Tunkat xarobasi

Adabiyot tahrir

  • Masson M.Ye., Axangeran. Arxeologo-topograficheskiy ocherk, T., 1953;
  • Buryakov Yu. F, Genezis i etapi razvitiya gorodskoy kulturi Tashkentskogo oazisa, T., 1982.