Turar Risqulov qishlogʻi — Janubiy Qozog'iston viloyati Tulkibosh tumanining markazi[3]. Chimkent shahrining shimoli-sharqiy tomonida 98 km uzoqlikda joylashgan[3] Aholisi 18,535 kishi (2012).

Turar Risqulov
qishloq
42°31′0″N 70°21′0″E / 42.51667°N 70.35000°E / 42.51667; 70.35000 G OKoordinatalari: 42°31′0″N 70°21′0″E / 42.51667°N 70.35000°E / 42.51667; 70.35000 G O
Mamlakat Qozogʻiston
viloyat Janubiy Qozog'iston viloyati
Tuman Tulkibosh tumani
Hukumat
Ilk eslatilishi XIX
Avvalgi nomlari Vannovka
Markazi balandligi 790 m
Aholisi
 (2012)
18,535
Milliy tarkib Qozoqlar, Ruslar, Oʻzbeklar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72538[1]
Pochta indeks(lar)i 161300[2]
Avtomobil kodi X, 13
Turar Risqulov xaritada
Turar Risqulov
Turar Risqulov

Tarixi tahrir

Poydevorini 1891-yili Rossiyadan koʻchib kelganlar qurgan. 1928-yili Juali tumanining markazi, 1957-yili sut mohsulotlarini qayta ishlash markazi boʻlib, 1993-yilgacha Vannovka qishlogʻi deb nomlanib keldi.

Aholisi tahrir

Qishloq aholisi 2012-yil 10-martdagi maʼlumot boʻyicha 18,535 kishini tashkil qildi. Qishloqning milliy tarkibi quyidagicha:[3] qozoqlar — 80,8 %, ruslar — 6,5 %, oʻzbeklar — 4,4 %, ozarbayjonlar — 4,1 %, turklar — 1,9 %, boshqalar — 2,3 %.

Ijtimoiy soha tahrir

Qishloqda 4 maktab, shulardan, № 1 Lomonosov nomidagi maktab-gimnaziyasi, Abay nomli maktab-litseyi, „Quralay“ umumiy oʻrta maktabi, Pushkin nomli umumiy oʻrta maktabi bor. 2010-yil Ilyasova Farida Azmedan qizi boshchiligi bilan "Uch tilda bilim beruvchi bolalarga uchun maktab-intarnatning ochilish marosisi boʻldi. Shuningdek tumanda M.X Dulati nomli madaniyat uyi, tuman kutubxonasi, masjid, markaziy kasalxona, shifoxona, sil, teri kasalliklar dispanseri, SES. faoliyat yuritadi.

Manbalar tahrir

  1. „Janubiy Qozogʻiston viloyatining telefon kodlari“. 2013-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-noyabr.
  2. „Почтовые индексы Казахстана“. 2013-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-noyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 Tulbosh tumani haqida maʼlumot, 2015-06-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-10-06