Eski Tuyatortar kanali

(Tuyatortar kanalidan yoʻnaltirildi)

Eski tuyatortar kanali, Tuyatortar kanali — Zarafshon daryosidan chiqarilgan qadimgi kanal. Mirzachoʻlni sugorish uchun qazilgan dastlabki kanallardan biri. Zarafshon daryosining suvini Sangzor daryosiga quyadi. Zarafshondagi „Birinchi May“ toʻgʻonidan boshlanadi. E.Eski Tuyatortar kanali milod boshlarida qazilgan, 68-asrlarda oʻzaro urushlar natijasida va arablar istilosi davrida vayron boʻlgan. 16-asrda Buxoro xoni Abdullaxon 7/davrida qayta tiklangan va keyinchalik Sirdaryo (Karay va Mirzarabot)gacha yetkazilgan. 1912 yilda Samarqand generalgubernatori tomonidan qisman qayta tiklangan. Shoʻrolar davrida kanal qayta qaziddi. Uz. 108,2 km, suv oʻtkazish imkoniyati 50 m³/sek. Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi 34 ming ga dan ortiq ekin maydonlari sugoriladi. 1987 yilda kanal trassasida Qorovultepa suv ombori qurilgan. Hozirgi kunda Tuyatortar kanalining chuqurligi 2-3m, kengligi 7-8 m. Kanal suvi Bahor va yoz faslida loyqalashib, katta sig'imdagi suvni hosil qiladi, kuz va qish fasliga kelib suv hajmi kamayadi va tiniy boshlaydi. Shunnigdek, ushbu kanal Baxmal tumanidagi bir qancha qishloqlarning, xususan Dòsmat, Gulbuloq MFY, Changal, Shodmon MFY, Alami MFY kabi qishloqlar uchun asosiy sug'orish manbai bòlib xizmat qiladi. Bu kanal yaqinidagi qishloqlarda tabiiy ofatlar ham kuzatilgan, xususan 2012-yil 10-11-may kunlari kanal suvining toshishi natijasida, Gulbuloq MFYda 20ga yaqin odamlarning uylariga zarar yetgan.