UEFA Chempionlar Ligasi – Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) tomonidan Yevropaning yuqori divizion klublari oʻrtasida har yili oʻtkaziladigan xalqaro futbol turniri.

2001-02-yil UEFA Championlari ligasi

Shotlandiya Glazgo Hampden Park stadioni 2002-yilgi UEFA chempionlari ligasi final mezboni
Umumiy maʼlumotlar
Sana Saralash:
11-Iyul – 8-Sentabr 2001
Asosoiy bosqich:
11-sentabr 2001 – 15-May 2002
Jamoalar Asosoiy bosqichda: 32
Umumiy: 72
Yakuniy natijalar
Chempionlar Ispaniya Real Madrid (9- marta)
2-oʻrin Germaniya Bayer Leverkusen
Statistika
Oʻyinlar soni 157
Gollar soni 393 (har oʻyinda oʻrtacha 2.5 ta)
Toʻpurar(lar) Niderlandiya Ruud van Nistelrooy
(10 goal)
UEFA Chemionlar ligasi logotipi
UEFA chempionlar ligasi kubogi

Yevropaning eng nufuzli klublari futbol turniri. 1955/56-yilgi ilk mavsumdan to 1991/92-yilgi mavsumgacha u Yevropa chempion klublari kubogi deb nomlangan. 1991/92-yilgi mavsumda turnir formati[1] oʻzgartirildi va 1/8 finaldan keyin guruh turnirlari oʻtkazildi. Keyin madhiya va gerb paydo boʻldi. 1992/93-yilgi mavsumdan boshlab turnir hozirgi nomini oldi.

Turnirda 22 ta klub gʻolib boʻlgan boʻlsa, ulardan 12 tasi bir necha bor gʻalaba qozongan. Ispaniya klublari turnirda 19 ta gʻalabaga erishgan. Gʻolib boʻlgan unvonlar soni boʻyicha rekordchi „Real Madrid“ boʻlib, u turnirda 14 marta gʻalaba qozongan. 1992-yilda turnir nomi va formati oʻzgarganidan soʻng, ketma-ket uch mavsum (2015/2016, 2016/2017, 2017/2018) Chempionlar Ligasida faqat „Real Madrid“ gʻalaba qozona oldi. „Real Madrid“ turnir formati oʻzgargandan keyin eng koʻp 8 marta Chempionlar ligasida gʻolib chiqqan klub boʻlib turibdi.

Yevropa kubogi 1955-yilda fransuz sport jurnalisti va L'Équipe muharriri Gabriel Hanot taklifi bilan tashkil etilgan. Qitʼa miqyosidagi futbol turniri gʻoyasi Angliya matbuotida 1954-yilning kuzida „Spartak“ va „Xonved“ni magʻlub etgan „Vulverxempton“ dunyoning eng kuchli klubi ekanligi haqidagi bayonotlardan keyin paydo boʻldi. Hanot oʻz gazetasida eng kuchli klubni aniqlash uchun ham uy, ham safar oʻyinlarini oʻz ichiga olgan musobaqa oʻtkazish zarurligini aytdi. Ertasi kuni Hanot musobaqaning mumkin boʻlgan loyihasini eʼlon qildi va 1955-yil yanvar oyida birinchi Yevropa kubogi boʻlib oʻtdi.

1955/56-yilgi Kubokning birinchi turnirda har bir tur ikki oʻyin (uyda va mehmonda) oʻynaldi. 1992-yilga qadar qur’a tashlashda mamlakat chempionlari va yevrokuboklarning soʻnggi gʻolibi ishtirok etgan. 1991/92-yilgi mavsumdan boshlab, turnir formati guruh bosqichini oʻz ichiga olgan holda oʻzgartirildi va keyingi yili turnir Chempionlar ligasi nomini oldi. Shundan soʻng saralash bosqichlari soni, guruhlar tarkibiga bir qancha oʻzgarishlar kiritildi. 1997/98-yilgi mavsumda bir qator mamlakatlarda (UEFA koeffitsientlari jadvali boʻyicha) ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar turnirda qatnasha boshladi. Saralash bosqichi tizimi qayta ishlab chiqilgan boʻlib, past koeffitsientga ega boʻlgan mamlakatlar chempionlari guruh bosqichi boshlanishidan oldin bir yoki bir nechta saralash bosqichida, yuqori koeffitsientga ega boʻlgan davlatlar jamoalari esa keyinroq ishtirok etishi mumkin. Ayni damda Chempionlar Ligasida eng yuqori koeffitsientga ega mamlakatlar toʻrtta klub bilan ishtirok etmoqda.

 
UEFA chempionlar ligasi logotipi

Bosqichlari

tahrir

Turnir bir necha bosqichdan iborat boʻlib, toʻrtta saralash bosqichidan boshlanadi. Jamoalar 2 tadan oʻyin oʻtkazishi kerak (uyda va safarda). Ikki uchrashuvning yigʻindisi boʻyicha gʻolib keyingi saralash bosqichiga oʻtadi. Barcha saralash bosqichlaridan oʻtib, jamoalar toʻgʻridan-toʻgʻri kelgan jamoalar bilan birga guruh bosqichiga kirishadi. Qur’a natijalariga koʻra, jamoalar har biri 4 tadan 8 ta guruhga boʻlingan. Guruh bosqichi natijalariga koʻra, dastlabki ikki jamoa pley-offga, guruhda 3-oʻrinni egallagan jamoa esa Yevropa ligasining 1/16 finaliga yoʻl oladi. 1/8 final bosqichiga qura tashlash marosimi quyidagicha boʻladi:

  • Bitta mamlakat (assotsiatsiya) vakillari va bir guruhdagi jamoalar oʻzaro oʻynamasligi kerak.
  • Guruh gʻoliblari ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar bilan oʻynaydi.
  • Birinchi oʻrinlar ilk uchrashuvlarini mehmonda oʻtkazishadi.
  • Jamoalar har biri 2 tadan oʻyin oʻtkazadi, natijada 1/4 finalga kim chiqishi aniq boʻladi. Ushbu bosqichdagi qur’a hech qanday cheklovlarni nazarda tutmaydi.
  • Chorak finaldan keyin yarim final, keyin esa neytral stadionda bitta oʻyindan iborat final oʻtkaziladi. Stadion UEFA komissiyasi tomonidan ariza topshirgan arizachilar orasidan oldindan tanlab olinadi.
  • U UEFAning 5 yulduzli reytingiga ega boʻlgan barcha kerakli talablarga javob berishi kerak.

2020/21 yilgi mavsumdan boshlab UEFA klublarga quyidagi mukofotlarni toʻlaydi:[2] Dastlabki bosqich: €230 000 Birinchi saralash bosqichi: €280 000 Ikkinchi saralash bosqichi: €380 000 Uchinchi saralash bosqichi: €480 000 Guruh bosqichidagi toʻlov: €1 525 000 Guruh bosqichidagi gʻalaba: €2 700 000 Guruh bosqichidagi durang: €900 000 Pley-offning birinchi bosqichi (1/8 final): €9 500 000 Chorak final: €10 500 000 Yarim final: €12 000 000 Finalda yutqazgan jamoa: 15 000 000 evro Yakuniy gʻolib: €19 000 000

Turnir homiylari

tahrir

Liga tashkil etilayotgan vaqtda turnir homiylari 8 tadan ortiq kompaniya boʻlishi mumkin emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Shartnoma shartlariga koʻra, bu kompaniyalar maydon perimetri boʻylab 4 ta bilbord, har bir oʻyin uchun maʼlum miqdordagi chiptalar hamda oʻyindan oldingi va oʻyindan keyingi intervyularda kompaniya logotiplarining bannerlarda koʻrsatish huquqini oladi. Shuningdek, ushbu kompaniyalar Liga oʻyinlarioʻtkazilayotgan vaqtda reklama berish huquqiga ham ega[3].

Hozirda Chempionlar ligasining rasmiy homiylari:

  • Nissan[4]
  • PlayStation
  • Lay’s
  • Santander
  • MasterCard
  • Expedia
  • Heineken[5]

Adidas kichik homiy hisoblanadi va oʻyin uchun rasmiy toʻpni yetkazib beradi. 2019/20-yilgi mavsumdan boshlab Italiyaning Macron sport brendi hakamlar formasini yetkazib bermoqda. Hublot, shuningdek, tanlovning toʻrtinchi rasmiy hamkori sifatida ikkinchi darajali homiy hisoblanadi.

Agar klublar homiylikning tegishli toifasi cheklangan (masalan, Fransiyada alkogol reklamasini taqiqlash) mamlakatda oʻyin oʻtkazsalar, bu logotipni futbolkalaridan olib tashlashlari kerak. Masalan, Reynjers 1996/97-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi va UEFA Kubogida mos ravishda Fransiyaning Oser va Strasburg klublari bilan oʻynaganida, Reynjers futbolchilari „MkEvans Lager“ oʻrniga „Center Parcs“ logotipini kiyib yurishgan (oʻsha paytda ikkala kompaniya ham Shotlandiyaning shoʻba korxonalari edi).

2001-2002- yilgi mavsum

tahrir

2001–2002-yillardagi UEFA Chempionlar Ligasi turnirning 47-mavsumi, UEFA klublar oʻrtasidagi asosiy futbol musobaqasi va Yevropa chempion klublari kubogi yoki Yevropa kubogi nomidan oʻzgartirilganidan beri 10-mavsum boʻldi. Turnirda Real Madrid gʻolib boʻldi, u finalda Bayerni magʻlub etib, toʻqqizinchi Yevropa chempionligini qoʻlga kiritdi. Finaldagi gʻalaba golini Zinedin Zidan chap oyogʻi bilan jarima maydonchasi chetidan yuqori chap burchakka tepib kiritdi. Bayer finalga yoʻl olgan uchta ingliz jamoasini magʻlub etdi: Arsenal ikkinchi guruh bosqichida, Liverpul chorak finalda va Manchester Yunayted yarim finalda. Manchester Yunayted hujumchisi Rud van Nistelroy guruh bosqichining birinchi bosqichidan yarim finalgacha boʻlgan oʻyingacha 10 ta gol bilan turnir toʻpurari boʻldi. Bavariya amaldagi chempion sifatida turnirga tashrif buyurgan, ammo chorak finalda yakunda gʻolib boʻlgan Real Madrid tomonidan magʻlub etilgan edi.


Assotsiatsiya jamoalari reytingi

tahrir

2001-2002-yillardagi Chempionlar ligasida 51 ta UEFA assotsiatsiyasidan 48 ta assotsiatsiya vakillari ishtirok etgan ulardan jami 72 ta jamoa qatnashgan. Futbol assosiasiyalari reytingi va shunga mos ravishda 2001/2002-yilgi Chempionlar ligasidagi oʻrinlarni mamlakatlar oʻrtasida taqsimlash UEFA koeffitsientlari jadvali asosida tuzilgan boʻlib, bu qur’a uchun klublarning Yevropaning rasmiy klublaridagi 1995/1996-yilgi mavsumdan 1999/2000-yilgi mavsumgacha boʻlgan musobaqalar oʻyinlari natijalari hisobga olingan. Lixtenshteyn (oʻz ligasi yoʻq), shuningdek, eng past reytingli uyushmalarga (Andorra va San-Marino) ruxsat berilmagan. Quyida 2001–2002-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi saralash sxemasi keltirilgan[6]:

  • 1–3-oʻrinlar assotsiatsiyalarning har birida toʻrttadan jamoa bor.
  • 4–6-oʻrinlar assotsiatsiyalarning har birida uchtadan jamoa bor.
  • 7–15-oʻrinlar assotsiatsiyalarning har birida ikkitadan jamoa bor.
  • 16–49-oʻrinlar assotsiatsiyalarda bittadan jamoa bor (Lixtenshteyndan tashqari)[7]
Oʻrin Assotsatsiya Koeff. Jamoa
1   Ispaniya 59.599 4
2   Italiya 55.927
3   Germaniya 46.403
4   Fransya 42.727 3
5   Angliya 41.455
6   Gollandiya 36.666
7   Rossiya 29.275 2
8   CHexiya Respublikasu 29.124
9   Gretsiya 28.866
10   Portugaliya 24.549
11   Turkiya 23.850
12   Ukraina 23.166
13   Norvegiya 22.100
14   Shveysariya 21.000
15   Shotlandiya 20.500
16   Avstriya 20.500 1
17   Belgiya 19.050
Oʻrin Assotsatsiya Koeff. Jamoa
18   Daniya 18.175 1
19   Polsha 18.000
20   Ruminya 17.833
21   Xorvatiya 16.124
22   Shvetsiya 15.533
23   Vengriya 15.416
24   Isroil 13.541
25   Slovakiya 12.832
26   Sloveniya 11.831
27   Misr 11.498
28 Yugoslavia FR 11.415
29   Bolgariya 10.540
30   Gruziya 9.666
31   Latviya 8.332
32   Finlandiya 8.041
33   Belorussiya 7.583
34   Maldova 6.333
Oʻrin Assotsatsiya Koeff. Jamoa
35   Islandiya 6.332 1
36   Makedoniya 5.081
37   Litva 4.665
38   Estoniya 2.582
39   Uels 2.332
40   Armaniston 2.249
41   Irlandiya 1.665
42   Malta 1.498
43   Shimoliy Irlandiya 1.498
44   Farrer orollari 1.415
45   Lyuksemburg 1.332
46   Ozarbayjon 1.249
47   Lixtenshteyn 1.000 0
48   Albaniya 0.832 1
49   Bpsniya va Gersogovina 0.500
50   Andorra 0.000 0
51   San-Marino 0.000

Ishtirokchilar

tahrir

2001/02-yilgi Chempionlar ligasida 48 ta UEFA assotsiatsiyasidan 72 ta jamoa ishtirok etadi. Har bir assotsiatsiya 1999/2000-ilgi Yeopa kubogi mavsumidan keyin koeffitsientga muvofiq qur’a tashlashda ishtirok etish uchun maʼlum miqdordagi jamoalarni taqdim etish huquqiga ega edi

1-dan 3-oʻringacha boʻlgan uyushmalar (Ispaniya, Italiya va Germaniya): 4 ta jamoa 4-6-oʻrindagi uyushmalar (Fransiya, Angliya va Gollandiya): 3 ta jamoa 7 dan 15 gacha boʻlgan uyushmalar: 2 ta jamoa 16 dan 49 gacha boʻlgan uyushmalar: 1 ta jamoa

Birinchi saralash bosqichi

tahrir

20 ta assotsiatsiya chempionlari 29-dan 49-oʻringa (Lixtenshteyndan tashqari)

Ikkinchi saralash bosqichi

tahrir

Birinchi saralash bosqichida gʻolib chiqqan 10 ta klub 12 ta assotsiatsiya chempioni 17-28-'rinlar 10-15-assotsiatsiyalarda 6 ta ikkinchi oʻrinni egallagan klublar

Uchinchi saralash bosqichi

tahrir

Ikkinchi saralash bosqichida gʻolib chiqqan 14 ta klub 6 ta assotsiatsiya chempioni 11-16-oʻrinlar 7-9-assotsiatsiyalarda 3 ta ikkinchi oʻrinni egallagan klublar 1-6-assotasiyalarda uchinchi oʻrinni egallagan 6 ta klub 1-3-assotsiatsiyalarda toʻrtinchi oʻrinni egallagan 3 ta klub

Birinchi guruh bosqichi

tahrir

Uchinchi saralash bosqichida gʻolib chiqqan 16 ta klub 10 ta assotsiatsiya chempionlari 1-10-oʻrinlar, shu jumladan turnirning amaldagi gʻolibi 1-6-assotsiatsiyalarda 6 ta ikkinchi oʻrinni egallagan klublar

Ikkinchi guruh bosqichi

tahrir

Birinchi guruh bosqichida birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallagan 16 jamoa

pley off

tahrir

Ikkinchi guruh bosqichida birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallagan 8 ta jamoa

Ishtirokchi jamoalar roʻyhati

tahrir
Guruh bosqichi
  Real Madrid (1chi)   Bayern Munich (1chi)TH   Manchester United (1chi)   Spartak Moscow (1chi)
  Deportivo de La Coruña (2chi)   Schalke 04 (2chi)   Arsenal (2chi)   Sparta Prague (1chi)
  Roma (1chi)   Nantes (1chi)   PSV Eindhoven (1st)   Olympiacos (1chi)
  Juventus (2chi)   Lyon (2chi)   Feyenoord (2chi)   Boavista (1chi)
Uchinchi saralash bosqichi
  Mallorca (3chi)   Bayer Leverkusen (4chi)   Slavia Prague (2chi)   Rosenborg (1chi)
  Barcelona (4chi)   Lille (3chi)   Panathinaikos (2chi)   Grasshopper (1chi)
  Lazio (3chi)   Liverpool (3chi)   Fenerbahçe (1chi)   Celtic (1chi)
  Parma (4chi)   Ajax (3chi)   Dynamo Kyiv (1chi)   Tirol Innsbruck (1chi)
  Borussia Dortmund (3chi)   Lokomotiv Moscow (2chi)
Ikkinchi saralash bosqichi
  Porto (2chi)   Rangers (2chi)   Hajduk Split (1chi)   Inter Bratislava (1chi)
  Galatasaray (2chi)   Anderlecht (1chi)   Halmstad (1chi)   Maribor (1chi)
  Shakhtar Donetsk (2chi)   Copenhagen (1chi)   Ferencváros (1chi)   Omonia (1chi)
  Brann (2chi)   Wisła Kraków (1chi)   Maccabi Haifa (1chi)   [Red Star Belgrade (1chi)
  Lugano (2chi)   Steaua București (1chi)
Birinchi saralash bosqichi
  Levski Sofia (1chi)   Sheriff Tiraspol (1chi)   Barry Town (1chi)   VB Vágur (1chi)
  Torpedo Kutaisi (1chi)   KR Reykjavík (1chi)   Araks Ararat (1chi)  [F91 Dudelange (1chi)
  Skonto (1chi)   Sloga Jugomagnat (1chi)   Bohemians (1chi)   Shamkir (1chi)
  Haka (1chi)   FBK Kaunas (1chi)   Valletta (1chi)   Vllaznia Shkodër (1chi)
  Slavia Mozyr (1chi)   Levadia Maardu (1chi)   Linfield (1chi)   Željezničar Sarajevo (1chi)


Kvalifikatsiya

tahrir

Birinchi kvalifikatsion bosqich

tahrir
Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
Araks-Impeks   0–3   Sheriff Tiraspol 0–1 0–2
Linfield   0–1   Torpedo Kutaisi 0–0 0–1
Bohemians   3–0   Levadia Maardu 3–0 0–0
F91 Dudelange   2–6   Skonto 1–6 1–0
Levski Sofia   4–0   Željezničar 4–0 0–0
VB Vágur   0–5   Slavia Mozyr 0–0 0–5
Valletta   0–5   Haka 0–0 0–5
Sloga Jugomagnat   1–1 (a)   FBK Kaunas 0–0 1–1
KR   2–2 (a)   Vllaznia 2–1 0–1
Barry Town   3–0   Shamkir 2–0 1–0

Ikkinchi kvalifikatsion bosqich

tahrir
Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
Haka   3–1   Maccabi Haifa 0–1 3–0*
Shakhtar Donetsk   4–2   Lugano 3–0 1–2
Omonia   2–3   Red Star Belgrade 1–1 1–2
Ferencváros   0–0 (4–5 p)   Hajduk Split 0–0 0–0 (q.v)
Porto   9–3   Barry Town 8–0 1–3
Maribor   1–6   Rangers 0–3 1–3
Galatasaray   6–1   Vllaznia 2–0 4–1
Slavia Mozyr   0–2   Inter Bratislava 0–1 0–1
Anderlecht   6–1   Sheriff Tiraspol 4–0 2–1
Torpedo Kutaisi   2–4   Copenhagen 1–1 1–3
Levski Sofia   1–1 (a)   Brann 0–0 1–1
Skonto   1–3   Wisła Kraków 1–2 0–1
Bohemians   1–4   Halmstad 1–2 0–2
Steaua București   5–1   Sloga Jugomagnat 3–0 2–1

* Ikkinchi oʻyin 4:0 hisobida „Makkabi Xayfa“ foydasiga hal boʻldi, ammo diskvalifikatsiya qilingan futbolchini maydonga tushirgani uchun ularga 0:3 hisobida texnik magʻlubiyat yozildi.

Uchinchi kvalifikatsion bosqich

tahrir
Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
Shakhtar Donetsk   1–5   Borussia Dortmund 0–2 1–3
Lokomotiv Moscow   3–2   Tirol Innsbruck 3–1 0–1*
Steaua București   3–5   Dynamo Kyiv 2–4 1–1
Haka   1–9   Liverpool 0–5 1–4
Hajduk Split   1–2   Mallorca 1–0 0–2 (q.v)
Red Star Belgrade   0–3   Bayer Leverkusen 0–0 0–3
Wisła Kraków   3–5   Barcelona 3–4 0–1
Copenhagen   3–5   Lazio 2–1 1–4
Inter Bratislava   3–7   Rosenborg 3–3 0–4
Halmstad   3–4   Anderlecht 2–3 1–1
Slavia Prague   1–3   Panathinaikos 1–2 0–1
Galatasaray   3–2   Levski Sofia 2–1 1–1
Ajax   2–3   Celtic 1–3 1–0
Porto   5–4   Grasshopper 2–2 3–2
Parma   1–2   Lille 0–2 1–0
Rangers   1–2   Fenerbahçe 0–0 1–2

* Oʻyin bekor qilingan 2001-yil 22-avgust Tirol Insbruk 0-1 Lokomotiv Moskva[8][9].

Birinchi guruh bosqichi

tahrir
Xaritada 2001–02-UEFA Chempionlari ligsi birinchi guruh bosqichi.
  Jigar rang: A guruhi;   Qizil: B guruhi;   Olov rang: C guruhi;   Sariq: D guruhi;
  Yashil: E guruhi;   Ko'k: F guruhi;   Binafsha rang: G guruhi;   Pushti: H guruhi.

Uchinchi saralash bosqichining 16 nafar gʻolibi, 1-10-oʻrinlarni egallagan mamlakatlardan 10 nafar chempion va ikkinchi oʻrinni egallagan 1-6-assotasatsiya davlatlaridan oltita jamoa har biri toʻrttadan sakkizta guruhga boʻlinishdi. Har bir guruhning eng yaxshi ikki jamoasi ikkinchi guruh bosqichiga, uchinchi oʻrinni egallagan jamoa esa UEFA kubogining uchinchi bosqichiga yoʻl oladi.

Seltik, Lill, Liverpul, Lokomotiv, Malyorka, Roma va Shalke-04 guruh bosqichida debyut qilishdi.

A guruhi

tahrir
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Real Madrid 6 4 1 1 13 5 +8 13 Yoʻllanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2   Roma 6 2 3 1 6 5 +1 9
3   Lokomotiv Moscow 6 2 1 3 9 9 0 7 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4   Anderlecht 6 0 3 3 4 13 −9 3
Manba: RSSSF

B guruhi

tahrir
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Liverpool 6 3 3 0 7 3 +4 12 Yoʻllanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2   Boavista 6 2 2 2 8 7 +1 8
3   Borussia Dortmund 6 2 2 2 6 7 −1 8 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4   Dynamo Kyiv 6 1 1 4 5 9 −4 4
Manba: RSSSF

C guruhi

tahrir
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Panathinaikos 6 4 0 2 8 3 +5 12 Yoʻllanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2   Arsenal 6 3 0 3 9 9 0 9
3   Mallorca 6 3 0 3 4 9 −5 9 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4   Schalke 04 6 2 0 4 9 9 0 6
Manba: RSSSF


D guruhi

tahrir
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Nantes 6 3 2 1 8 3 +5 11 Yoʻllanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2   Galatasaray 6 3 1 2 5 4 +1 10
3   PSV Eindhoven 6 2 1 3 6 9 −3 7 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4   Lazio 6 2 0 4 4 7 −3 6
Manba: RSSSF

E guruhi

tahrir
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Juventus 6 3 2 1 11 8 +3 11 Yoʻllanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2   Porto 6 3 1 2 7 5 +2 10
3   Celtic 6 3 0 3 8 11 −3 9 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4   Rosenborg 6 1 1 4 4 6 −2 4
Manba: RSSSF

F guruhi

tahrir
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Barcelona 6 5 0 1 12 5 +7 15 Yoʻllanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2   Bayer Leverkusen 6 4 0 2 10 9 +1 12
3   Lyon 6 3 0 3 10 9 +1 9 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4   Fenerbahçe 6 0 0 6 3 12 −9 0
Manba: RSSSF


G guruhi

tahrir
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Deportivo La Coruña 6 2 4 0 10 8 +2 10 Yoʻllanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2   Manchester United 6 3 1 2 10 6 +4 10
3   Lille 6 1 3 2 7 7 0 6 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4   Olympiacos 6 1 2 3 6 12 −6 5
Manba: RSSSF

H guruhi

tahrir
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Bayern Munich 6 4 2 0 14 5 +9 14 Yoʻllanma oldi Ikkinchi guruh bosqichiga
2   Sparta Prague 6 3 2 1 10 3 +7 11
3   Feyenoord 6 1 2 3 7 14 −7 5 Kurashni davom ettiradi UEFA Kubogida
4   Spartak Moscow 6 0 2 4 7 16 −9 2
Manba: RSSSF

Ikkinchi guruh bosqichi

tahrir

Birinchi guruh bosqichining sakkizta gʻolibi va sakkiz nafar ikkinchi oʻrin sohibi toʻrtta jamoadan iborat toʻrt guruhga boʻlingan holda ikki guruh gʻolibi va ikki nafar ikkinchi oʻrinni egallash uchun kurashishlari kerak edi. Bir mamlakat yoki birinchi turda bir guruhida boʻlgan jamoalar qur’a tashlashda ishtirok etishmadi. Qoida boʻyicha har bir guruhdan eng yaxshi ikki jamoa chorak finalga yoʻl oladi.

A guruhi

tahrir
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Manchester United 6 3 3 0 13 3 +10 12 Yoʻllanma oldi Pley off bosqichiga
2   Bayern Munich 6 3 3 0 5 2 +3 12
3   Boavista 6 1 2 3 2 8 −6 5
4   Nantes 6 0 2 4 4 11 −7 2
Manba: RSSSF

B gurhi

tahrir
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Barcelona 6 2 3 1 7 7 0 9 Yoʻllanma oldi Pley off bosqichiga
2   Liverpool 6 1 4 1 4 4 0 7
3   Roma 6 1 4 1 6 5 +1 7
4   Galatasaray 6 0 5 1 5 6 −1 5
Manba: RSSSF

C guruhi

tahrir
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Real Madrid 6 5 1 0 14 5 +9 16 Yoʻllanma oldi Pley off bosqichiga
2   Panathinaikos 6 2 2 2 7 8 −1 8
3   Sparta Prague 6 2 0 4 6 10 −4 6
4   Porto 6 1 1 4 3 7 −4 4
Manba: RSSSF

D guruhi

tahrir
Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O Kvalifikatsiya
1   Bayer Leverkusen 6 3 1 2 11 11 0 10 Yoʻllanma oldi Pley off bosqichiga
2   Deportivo La Coruña 6 3 1 2 7 6 +1 10
3   Arsenal 6 2 1 3 8 8 0 7
4   Juventus 6 2 1 3 7 8 −1 7
Manba: RSSSF

Pley off

tahrir

Chorak final

tahrir

Birinchi oʻyinlar 2002-yil 2/3-aprelda boʻlib oʻtgan. Javob uchrashuvlari – 9/10-aprel kunlari oʻtkazilgan.

Chorak final natijalari
1-jamoa Xisob 2-jamoa 1-oʻyin 2-oʻyin
 Bayern Munich 2:3  Real Madrid 2:1 0:2
 Deportivo La Coruña 2:5  Manchester United 0:2 2:3
 Panathinaikos 2:3  Barcelona 1:0 1:3
 Liverpool 3:4  Bayer 04 Leverkusen 1:0 2:4

Yarim final

tahrir

Birinchi oʻyinlar 2002-yil 2/3-aprelda boʻlib oʻtgan. Javob oʻyinlari – 9/10-aprelda oʻtkazilgan.

Jamoa #1  Umumiy  Jamoa #2 1-uchrashuv 2-uchrashuv
Barcelona   1–3   Real Madrid 0–2 1–1
Manchester United   3–3 (a)   Bayer Leverkusen 2–2 1–1

Final 2002-yil 15-mayda Glazgo, Shotlandiyadagi Hampden Parkda boʻlib oʻtdi.

15 May 2002
19:45 BST
Bayer Leverkusen   1–2   Real Madrid Hampden Park, Glasgow
Tomoshabinlar: 52,000
Hakam: Urs Meier (Shveysariya)
Lúcio   13' Report Raúl   8'
Zidane   45'

Statistika

tahrir

2001–2002-yilgi UEFA Chempionlar ligasida (saralash bosqichidan tashqari) eng yaxshi toʻpurarlar va assistentlar roʻyhati:

Eng yaxshi toʻpurarlar

tahrir
Oʻrin Ism Jamoa GOl Oʻyin Oʻynagan daqiqasi
1   Ruud van Nistelrooy   Manchester United 10 14 1207'
2   David Trezeguet   Juventus 8 10 841'
3   Ole Gunnar Solskjær   Manchester United 7 15 630'
  Thierry Henry   Arsenal 7 11 981'
5   Giovane Élber   Bayern Munich 6 11 730'
  Diego Tristán   Deportivo La Coruña 6 12 797'
  Michalis Konstantinou   Panathinaikos 6 14 955'
  Raúl   Real Madrid 6 12 1080'
  Patrick Kluivert   Barcelona 6 15 1300'
  Michael Ballack   Bayer Leverkusen 6 15 1346'


Eng yaxshi assistentlar

tahrir
Oʻrin Ism Jamoa Assis Oʻynagan daqiqalari
1   Hasan Salihamidžić   Bayern Munich 5 675'
  Juan Sebastián Verón   Manchester United 5 1118'
  Ruud van Nistelrooy   Manchester United 5 1212'
  Bernd Schneider   Bayer Leverkusen 5 1433'
5   Jan Michaelsen   Panathinaikos 4 746'
  Rivaldo   Barcelona 4 896'
  David Beckham   Manchester United 4 1099'
  Roberto Carlos   Real Madrid 4 1106'
  Yıldıray Baştürk   Bayer Leverkusen 4 1241'
  Zé Roberto   Bayer Leverkusen 4 1342'

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir