Royce Cornell Davison-Rodriguez (1996-yil 19-sentyabrda tugʻilgan), Ugly God nomi bilan tanilgan, amerikalik reper, qoʻshiq muallifi va prodyuser. U oʻzining 2016-yilgi „Water“ qoʻshigʻi bilan mashhur boʻlib, 2017-yilda Billboard Hot 100 chartida 80-oʻrinni egallagan.

Ugly God
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Royce Cornell Davison-Rodriguez[1]
1996-yil 19-sentabr
Indiana shtati, Qo'shma shtatlar
Kasbi Rapper • songwriter • record producer
Janr Comedy hip hop
Faoliyat yillari 2016–hozirgacha
Veb-sayt Asylum Records

2017-yil 13-iyun kuni Ugly God XXL-ning „2017 Freshman Class“ ning oʻn nafar a’zosidan biri sifatida tanildi, u yerda u Playboi Carti, MadeinTYO va XXXTentacion kabi reperlari bilan birgalikda oʻzining rep uslubini ijro etdi. 2022-yil fevral oyi holatiga koʻra, Ugly God ishtirok etgan „2017 Freshman Class“ videosi YouTubeda 50 milliondan ortiq tomoshaga ega. Uning debyut albomi „Bumps & Bruises“ 2019-yil 9-avgustda Asylum Records leybli ostida chiqdi.

Yoshlik tahrir

Roys Davison-Rodriges 1996-yil 19-sentabrda Indiana shtatining Fort-Ueyn shahrida tug'ilgan. Keyin Rodriges Hyuston (Texas) shahrining shimoliy tomoniga ko'chib o'tadi. U otasi afro-dominikalik va onasi afro-amerikalik. Rodriges tarbiyasi haqida shunday dedi: „Mening onam va dadam ajrashgan, men janubda katta bo'lganman. Agar siz Dominikan Respublikasida bo'lgan bo'lsangiz, bilingki, uyerda ko'plab ispanlar bor. Ular xuddi men kabi qora tanli bo'lishadi. Afro-amerikaliklar va lotinlar AQShda qo'pol munosabatda bo'lishadi - men ikkalasi ham, shuning uchun men ikki barobar qo'polman.“ Rodriges ham ispan, ham ingliz tillarida gaplasha oladi.

Karyera tahrir

2015–2017: Karyera boshlanishi, „Water“ va „The Booty Tape“ tahrir

7-sinfdan 10-sinfgacha u „Pussy Bacon“ laqabidan foydalangan. Ijtimoiy sabablar va ota-onasi tufayli u o'z ismini mashhur „Ugly God“ ga o'zgartirdi. U shuningdek, "Men chinakam xunukman" deb qichqirganida improvizatsiya orqali bu nomni yaratganini ta'kidlaydi.

2015-yil 27-iyulda u o'zining SoundCloud akkaunti orqali „I Beat My Meat“ nomli qo'shig'ini chiqardi. Ushbu qo'shiq 33 milliondan ortiq eshitishlarga ega bo'ldi. 2016-yil 16-martda u oʻzining SoundCloud akkauntida oʻzining „Water“ nomli singlini chiqardi. Qo'shiq Billboard Hot 100 ro'yxatida 100-o'rinda debyut qildi va keyinchalik chartda 80-o'rinni egalladi. „Water“ 2017-yil 11-fevralda On-Demand Streaming Songs chartida 47-oʻrinni egalladi, shuningdek, Hot R&B/Hip-Hop qoʻshiqlar chartida 34-oʻrinni egalladi.

2017-yilda Ugly God o'ziga qaratilgan „Fuck Ugly God“ deb nomlangan trekini internetga yukladi. Qo'shiq matni, asosan, Ugly Godning hayotida sodir bo'lgan voqealarga tegishli. Prefix Magazine jurnali xodimi Vincent Carusoning so'zlariga ko'ra, „Ugly God o'zining hayotida huddi qovurilgandek“. Qo'shiq SoundCloud-da 13 milliondan ortiq eshitishlarga ega bo'ldi. 2017-yil 4-avgust kuni Ugly God oʻzining „The Booty Tape“ nomli mixteypini chiqardi. U Billboard 200 ro'yxatida 27-o'rinni egalladi

Diskografiya tahrir

Studiya albomlari tahrir

Studiya albomlari ro'yxati va chartdagi o'rni
Nomi Tafsilotlar Chartdagi o'rni
US
Bumps & Bruises
  • Chiqarilgan: 2019-yil 9-avgust
  • Leybl: Asylum
46


Kengaytirilgan tahrir

Kengaytirilgan, albom
Nomi Tafsilotlar
Just a Lil Something Before the Album...[2]
  • Chiqarilgan: 2018-yil 24-aprel
  • Leybl: Self-released


Miksteyplar tahrir

Miksteyplar ro'yxati, chartdagi o'rni
Nomi Tafsilotlar Chartdagi o'rni
US
[3]
The Booty Tape
  • Chiqarilgan: 2017-yil 4-avgust
  • Leybl: Asylum Records
27
UGLYGOBLIN[4][5]
(& Rizzoo Rizzoo)
  • Chiqarilgan: 2020-yil 3-yanvar
  • Leybl: The Sauce Familia

Singllar tahrir

Nomi Yil Chartdagi o'rni Sertifikat Albom
US
"I Beat My Meat" 2016 Non-album single
"Water" 80
  • RIAA: Platinum[6]
The Booty Tape
"Fuck Ugly God" 2017
"No Lies"
"Walter" Non-album singles
"Lettetznow" 2018
"I'mma Dog"
"Hello" 2019 Bumps & Bruises
"Lost in the Sauce"

Manbalar tahrir

  1. „What Is Ugly God's Real Name, and How Much Is The Rapper Worth?“. Cheat Sheet. Qaraldi: 2019-yil 21-avgust.
  2. „Stream Ugly God's "just a lil something before the album..." EP“. HotNewHipHop.
  3. „Ugly God Chart History: Billboard 200“. Billboard.
  4. „Rizzoo Rizzoo & Ugly God – Uglygoblin Lyrics and Tracklist“. Genius. Qaraldi: 2020-yil 29-mart.
  5. „Rizzoo Rizzoo & Ugly God – UGLYGOBLIN Reviews – Album of The Year“. AOTY. Qaraldi: 2020-yil 29-mart.
  6. „Gold and Platinum“. Qaraldi: 2020-yil 14-mart.