Uilbur Skovil (inglizcha: Wilbur Lincoln Scoville 1865-yil 22-yanvar, Bridjport, Konnektikut, AQShda tugʻilgan - 1942-yil 10-mart, Geynsvill, Florida, AQShda vafot etgan) - amerikalik kimyogar . 1912-yilda u sabzavotli qalampirlarning (Capsicum) oʻtkirligini oʻlchash uchun sinovni taklif qildi, unga Skovil (Scoville) nomini berdi. U oʻzining oʻtkirlik boʻyicha qalampir va tabiiy kimyoviy moddalar roʻyxatini koʻrsatadigan "Hotness Chart" ( Scoville's Hotness Scale - Skovil oʻtkirlik jadvali) bilan mashhur boʻdi.

Uilbur Skovil
Uilbur Linkoln Skovil
Tavalludi 1865-yil 22-yanvar
Bridjport, Konnektikut
Vafoti 1942-yil 10-mart (77 yosh)
Geynsvil, Florida
Fuqaroligi  AQSh
Kasbi Dorixonachi, Farmaktolog, Kimyogar
Turmush oʻrtogʻi Kora B. Upham
Bolalari

Amy Augusta (1892-yil 21-avgust)

Rut Aphem (1897-yil 21-oktyabr)
Otasi Lemuel Skovil
Onasi Adelina Augusta Carlisle Skovil
Mukofotlari

1922-yil - Remington medali

1929-yil - Ember mukofoti

Tajrimai hol tahrir

Uilbur Skovil Bridjportda tugʻilgan (inglizcha: Bridgeport) Konnektikutda. 1891-yil 1-sentyabrda u Vollastonda turmushga chiqdi (inglizcha: Wollaston), Massachusets shtatidagi Kora B. Upham (inglizcha: Cora B. Upham). Ularning ikkita farzandi boʻlgan: Emi Avgusta (inglizcha: Amy Augusta), 1892-yil 21-avgustda tugʻilgan va Rut Upham (inglizcha: Ruth Upham) 1897-yil 21-oktyabrda tugʻilgan.


Skovil retsept boʻlimida taqsil oluvchi talabalar uchun darslik va farmatsevtlar uchun ma'lumotnoma oʻrnida ishlatilishi koʻzda tutilgan "Birlashtirmalar san'ati (aralash)" nomli kitobni yozgan (inglizcha: The Art of Compounding, a Text Book for Students and a Reference Book for Pharmacists, at the Prescription Counter )[1]. Birinchi marta 1895-yilda nashr etilgan kitob kamida 8 ta nashrdan oʻtgan. 1960-yillarga qadar farmakologik ma'lumotnoma sifatida ishlatilgan. Uilbur Skovil, shuningdek, yuzlab aralashmalar formulalarini oʻz ichiga olgan "Extracts and parfumes" kitobini ham yozgan. Bir muncha vaqt u Massachusets farmatsevtika va sogʻliqni saqlash kollejida professor boʻlib ishlagan. 1912-yilda Parke-Davis farmatsevtika kompaniyasida ishlaganda u "Scoville Sensor Test" deb nomlanuvchi testni ishlab chiqdi (inglizcha: Scoville Organoleptic Test ) va oʻtkirlik shkalasini ham yaratdi. Ushbu test turli xil chili qalampirlarining achchiqligini yoki "oʻtkirligini" oʻlchash uchun hizmat qilar edi. Oʻtkirlik testi va jadvali endi standartlashtirilgan va Scoville Hotness Scale deb nomlanadi.

1922-yilda Skovil Amerika farmatsevtika assotsiatsiyasining Ebert mukofotiga sazovor boʻldi va 1929-yilda Remington faxriy medalini oldi. Scoville, shuningdek, 1929-yilda Kolumbiya universitetining faxriy doktori unvonini oldi .

Mukofotlari tahrir

Uilbur Scoville Amerika farmatsevtika assotsiatsiyasining (APHA) quyidagi mukofotlarini oldi:

  • 1922-yil - Ebert mukofoti, giyohvand moddalarni oʻrganish sohasidagi eng yaxshi hisobot uchun.
  • 1929-yil - Remington medali - APHAning eng yuqori mukofoti.

Manbalar tahrir