Umar ibn al-Xattob al-Foruq (Umar ibn Xattob) (arabcha: عمر بن الخطاب‎; oʻqilishi: ʼOmar ibn al-Xattāb; milodiy tax. 584-yil – 644-yil) — dastlabki toʻrt xalifadan ikkinchisi (h. 634–644), jannat bashorati berilgan 10 ta sahobalardan biri. Shuningdek, Buyuk Umar nomi bilan ham mashhur.

Umar
Tavalludi
Umar Ibn Al-Xattob Al-Foruq (arabcha: عمر بن الخطاب‎)

586
Vafoti 3-noyabr 644
Fuqaroligi Rashidun xalifaligi
Otasi Al-Khattab bin Nufayl
Onasi Hantama binti Hishom

Hayoti

tahrir

Asli Quraysh qabilasining Banu Adi sulolasidan. „Xulafa ur-Roshidun“ („Toʻgʻri yoʻldagi xalifalar“) nomini olgan xalifalardan biri. Islomni tax. 616-yili qabul qilgan. Muhammad paygʻambarning yaqin safdoshlaridan biri, u olib borgan barcha janglarda qatnashgan. Abu Bakr Siddiq oʻlimidan avval Umarni oʻz oʻrniga tavsiya etgan. Umarning xalifalik davrida islom Iroq, Suriya, Misr, Liviyaga tarqaldi. Eron hududlari xalifalikka qoʻshildi. Arab-musulmon saltanati tarkib topa boshladi. Uning davrida barcha asosiy maʼmuriy-huquqiy muassasalar, avvalo soliq-oʻlpon tizimi tuzildi. Musulmonlar jamoasi tez orada moʻminlar idora etadigan davlatga aylandi. Bu hol Umar xalifa unvoniga birinchi boʻlib qoʻshimcha amir al-moʻminin (moʻminlar amiri) unvonini qabul qilishida ham ifodalandi.

Umar yangi musulmon yil hisobi – hijriy yil taqvimini joriy etgan. Sunniylar tarixiy anʼanasida Umar risoladagidek hukmdor, yaʼni taqvodor, musulmonlarga nisbatan adolatli, dushmanlarga beshafqat inson sifatida taʼriflanadi. Uning davri islomning „oltin asri“ deb ulugʻlanadi. Umar Muhammad paygʻambarning Madinadagi qabri yoniga dafn etilgan[1].Umar ibn Hattobdan soʻng Usmon ibn Affon moʻminlarga amir boʻlgan.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir