Umid Ahmadjonov
Umid Muhammadjonovich Ahmadjonov (oʻzbekcha: Умид Муҳаммаджонович Аҳмаджонов; 16-may, 1977-yil, Toshkent) —Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti (2018-yildan), [1][2][3][4].
Umid Muhammadjonovich Ahmadjonov | |||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
oʻzbekcha: Умид Муҳаммаджонович Аҳмаджонов | |||||||||||||||||||||||||
| |||||||||||||||||||||||||
Shaxsiy maʼlumotlari | |||||||||||||||||||||||||
Tavalludi |
16-may 1977-yil (45 yosh) Toshkent | ||||||||||||||||||||||||
Mukofotlari |
![]() |
BiografiyaTahrirlash
- 1977-yilning 16-may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. Ma’lumoti — oliy. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini imtiyoz bilan tugatgan. Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashining deputati.
- Mehnat faoliyatini 1995-yil “Zenit” firmasida oddiy ishchi sifatida boshlagan.
- 1995—2001-yillar davomida “Ilmu Ziyod” xususiy korxonasida ishchi, keyinroq 26-sonli qurilish boshqarmasida operator boʻlib ishladi. Shuningdek, Olimpiya AJda avtosanoat boʻlimi rahbari sifatida faoliyat olib bordi.
- 2002-yil Oʻzbekiston nogironlar sport federatsiyasi bosh kotibi lavozimiga tayinlandi.
- 2007-yilga kelib, Oʻzbekiston milliy paralimpiya assotsiyatsiyasi Bosh kotibi va bir vaqtning oʻzida tashkilot raisining oʻrinbosari boʻldi.
- 2007-yilda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritgan. Bir vaqtning o'zida “Paxtakor” klubida avvaliga bosh direktor, keyinroq vitse-prezident sifatida ham faoliyat olib bordi.
- 2017-yilning 12-sentabridan 2018-yil 10-yanvargacha Oʻzbekiston futbol federatsiyasi prezidenti.
- 2018-yil 10-yanvardan 2019-yil 25-maygacha — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti va O'zbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti.
- 2018-yil 28-yanvardan 2019-yil 24-aprelgacha Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi prezidenti
- Umid Ahmadjonov oilali, uch oʻgʻil va bir qizning otasi. Shu vaqtgacha qilgan ishlari uchun “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.
ManbalarTahrirlash
- ↑ OʻFF prezidenti Umid Ahmadjonov 40 yoshda. U bungacha qanday sohalarda faoliyat olib borgan?
- ↑ Biografiyasi, archived from the original on 2018-04-28, https://web.archive.org/web/20180428001904/http://www.the-uff.com/about/profile/president, qaraldi: 2018-04-26
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2018/01/16/football/
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2017/09/12/uff/