Umid Isoqov

O'zbekistonlik futbolchi

Umid Isoqov (1978-yil 22-dekabr, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek futbolchisi, hujumchi. Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasining eng yaxshi toʻpurarlaridan biri. 1999-va 2001-yillardagi Oʻzbekiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari.

Umid Isoqov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Umid Isoqov
Tavallud sanasi 22-dekabr 1978-yil (1978-12-22) (45 yosh)
Tavallud joyi Qoʻqon Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 176 cm (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1995-1996 Oʻzbekiston Temiryoʻlchi 2 (0)
1997—2004 Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona) 210 (139)
2005 Oʻzbekiston Paxtakor 6 (2)
2005 Oʻzbekiston Dinamo (Samarqand) 11 (6)
2006 Oʻzbekiston Andijon 22 (9)
2007 Oʻzbekiston Nasaf 22 (7)
2008 Oʻzbekiston Qizilqum 17 (7)
2009 Oʻzbekiston Xorazm 7 (2)
2010 Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona) 5 (2)
Milliy terma jamoa
2000—2001 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 8 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Professional faoliyatini 1995-yilda Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoasi tarkibida boshlagan. 1997-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtib, 2004-yil yakunigacha ushbu klub safida toʻp surgan. Bu vaqt ichida u „Neftchi“ safida 210 ta uchrashuvda maydonga tushib, 139 ta gol urishga erishgan. 2005-yilgi mavsumni Toshkentning „Paxtakor“ va Samarqandning „Dinamo“ klublarida oʻtkazgan. 2006-va 2007-yilgi mavsumlarda mos ravishda „Andijon“ va Qarshining „Nasaf“ klublarida toʻp surgan. Faoliyatining soʻnggi yillarini Zarafshonning „Qizilqum“ va Urganchning „Xorazm“ jamoalari tarkibida oʻtkazgan. 2010-yilda „Neftchi“ tarkibiga qaytib, oʻsha yilgi mavsum yakunida professional faoliyatini yakunlagan[1]. 2000—2001-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. Terma jamoa safida jami hisobda 8ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urgan.

Xalqaro musoboqasi tahrir

Umid Isoqov milliy terma jamoadagi debyutini 2000-yilning 29-fevralida Moʻgʻulistonga qarshi oʻyinda oʻtkazgan va 8:1 hisobida gʻalaba qozongan.

Xalqaro musobaqalarda urgan gollari tahrir
Sana Maydon Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2000-yil 3-sentyabr Shanxay stadioni, Shanxay, Xitoy   Tailand 4-2 Magʻlubiyat Toʻrt millat kubogi
2. 2001-yil 15-fevral Spartak stadioni, Varna, Bolgariya   Ozarbayjon 2-1 Gʻalaba Doʻstona
3. 2001-yil 15-fevral Spartak stadioni, Varna, Bolgariya   Ozarbayjon 2-1 Gʻalaba Doʻstona
2015-yil 7-oktyabr holatiga koʻra toʻgʻri[2][3]

Yutuqlari tahrir

Jamoa bilan tahrir

  • Oʻzbekiston Superligasi chempioni (1): 2001-yil
  • Oʻzbekiston Superligasi kumush medali sohibi (7): 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003, 2004-yillar
  • Oʻzbekiston Kubogi kumush medali sohibi (4): 1997, 1998, 2001, 2002-yillar

Shaxsiy yutuqlari tahrir

  • Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi 3-oʻrin: 2001-yil
  • Oʻzbekistonda yilning yaxshi toʻpurari (2): 1999, 2001-yillar[4]
  • Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi: 188 ta gol[5]

Manbalar tahrir

  1. „uzfootball.uz: Футболчилар“ (deadlink). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-dekabr.
  2. Uzbekistan 2-1 Azerbaijan
  3. 2000 MATCHES ASIA
  4. „Олий лиганинг барча снайперлари“. 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-may.
  5. „Суперлигада ким "снайпер" бўлади?“. 2023-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-may.

Havolalar tahrir