Usmon Temur (1940—2018) Shoir, yozuvchi va tarjimon. Qirgʻizistonda oʻzbek adabiyotining yorqin namoyondasi. Qirgʻizistonda oʻzbek ijodkorlarining birlashtirgan “Ilhom”adabiy klubining taʼsischilaridan biri[1].

Usmon Temur
Tavalludi
Usmonov Temur

30-yanvar 1940-yil
Vafoti 17-dekabr 2018-yil(2018-12-17)
(78 yoshda)
Oʻsh viloyati, Aravon tumani
Fuqaroligi Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
Millati Oʻzbek

Tarjimai holi tahrir

Usmon Temur 1940-yil 30-yanvarda Oʻsh viloyati, Novqat tumaning Leninizm kolxoziga qarashli Shanqul ovulida tugʻilgan. Ayrim manbaalarda Qirgʻiziston respublikasi, Oʻsh viloyati Aravon tumaniga qarashli Chekobod qishlogʻining Koʻkalaposh mahallasida tugʻilgan[2].

Otasi choʻpon boʻlganidan qishda qishloqda, yozda Novqatning togʻlarida oʻsdi. Chekobodda oʻrta maktab yoʻqligi, Aravonning esa olisligi bois Boytoʻpi va Toʻlqin qishloqlaridagi maktablarda oʻqidi[3]. 1948—1958-yillarda oʻrta maktablarda taʼlim olgan. Oʻsmirligidan ijodga moyil Usmon Temurning ilk sheʼri 1957-yilda “Qirgʻiziston haqiqati” (hozirgi “Oʻsh sadosi”) gazetasida bosilib chiqqan. 1958-yilda Oʻzbekiston davlat universitetiga oʻqishga kiradi. Ikki oycha oʻqigach, baʼzi bir sabablarga koʻra oʻqishdan ketadi. Toshkentdaligida yurtdoshlari-Oʻzbekiston Fvnlari akademiyasi prezidenti Habib Abdullaev. Maorif vaziri Emin Qodirov, yozuvchilar Mirzakamol Ismoiliy va Yoqubjon Shukurovlar bilan tanishdi, suhbatlarida boʻldi. 1959-yilda Oʻsh davlat pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetiga oʻqishga kirdi. Oʻshda shakllangan adabiy davrada Mirzohid Mirzarahimov, Tursunboy Adashboev, Obidjon Homid, Muhammadjon Oʻrinboev, Qoʻldosh Mirzo, Olmos Hudoyberdiev, Abdugʻani Abdugʻofurov kabi qalam ahli bilan doimiy muloqotda boʻldi. Oʻqish va ijodni Aravon tumanidagi “Gʻalaba bayrogʻi”gazetasi redaksiyasidagi faoliyat bilan birga olib bordi. Harbiy hizmatga chaqirilgan Usmon Temur uch yil dengiz flotida boʻldi. Lekin yozishni toʻxtatmadi, aksincha, ijodi yanada samaraliroq boʻldi. Bu haqida oʻzi shunday yozadi: “Tinch okeaniga kelganim nur ustiga nur boʻldi. Qachon va qaerda ilhom kelsa, qogʻozga tushirdim. “Sharq yulduzi”, Guliston” oynomalari, “Oʻzbekiston madaniyati”, “Yosh leninchi”, “Toshkent oqshomi”, “Lenin yoʻli” da koʻplab sheʼrlarim chiqdi”. Usmon Temur harbiy hizmatdan qaytgandan keyin, bir necha muddat “Lenin yoʻli” gazetasida ishladi. Soʻng Toshkentga borib, universitetda (hozirda Oʻzbekistot milliy universiteti) sirtdan oʻqigan. 1962-yilda ilk sheʼri Oʻzbekiston matbuotida koʻrina boshladi. “Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi”, “Guliston” jurnallarida ishladi. “Sharqdan maktublar”, “Qorboboning istagi” nomli toʻplamlari chop etildi. Oʻshga qaytgan Usmon Temur jurnalistlik faaoliyatini davom ettirdi. Kirov (Bobur)nomli Oʻsh drama teatrida adabiy emakdosh boʻlib ishladi. Dramaturgiyaga qoʻl urib, bir necha sahna asarlarini yozdi. Hayotini ijodga bagʻishlashga axd qilgan adib erkin ijodkor boʻlish yoʻlini tutdi. Nasrda ham kuch sinab koʻrdi. Hikoyalar, qissalar chop ettirdi. Usmon Temur Qirgʻizistonda oʻzbek adabiy muhitini shakllantirish ijodkor yoshlarni yuzaga chiqarishda xam faollik koʻrsatgan. 1959-yilning oxirida koʻplab isteʼdodlarga ijodiy turtki bergan “Ilhom” toʻgaragining tashkilotchilaridan boʻldi. Ushbu klub dastlab Oʻsh shahrining markazidan oqib oʻtuvchi “Oq-bura” daryosi boʻyida, Otkechik mahallasi hududidan oʻrin olgan Hakimjon akaning choyhonasida tashkil qilingan boʻlgan. Har kuni bir chimdim osh va choy ustida klubning faoliyati boshlangan edi. Bu klubda ijodkorlar dastlab - Tursunboy Adashboev, Qoʻldosh Mirzo, Mirzohid Mirzaraximov, Olmos Xudoyberdiev, Muhammadjon Oʻrinboev, Tal'at Soliev, Abdugʻani Abdugʻofurov, Shavkat Rahmon, Alouddin Mansur, Odiljon Umarov, Obidjon Hamid, Boqirhon Azizovlar boʻlgan. Keyinchalik ular safiga Qosimjon Rahmiev (Shodmon), Malika Komil qizi, Joʻrabek Najim, Abdul Hamid, Aʼzam Rahim, Yorqinoy Murodova, Elmurod Jusupaliev va boshqalar shu klub aʼzolari boʻlishgan. Shoirning 2013-yili toʻrt jildli asarlari majmuasi nashr qilinib, kitobhonlar hukmiga havola etilgan. Ustoz shoir Usmon Temur 2018-yilning 17-dekabrida Chekobod qishlogʻida vafot etganlar.

Manbalar tahrir

  1. Усмон Темур (1940—2018)
  2. Dadajonov, Odiljon. Moziyga qaytib, O'sh shahri. 
  3. „УСМОН ТЕМУР (1940)“. kun-uz.com. Qaraldi: 6-noyabr 2022-yil.