Valdenslar
Valdenslar - o‘rta asrlarda cherkov tomonidan “bid’atchi” deb topilgan diniy jamoa nomi. XII asrda Fransiyaning Lion shahrida tashkil topgan. Asoschisi - Pyer Valdo. Valdenslar tarkidunyochilikka (“yevangelskoy bednosti”, asketizm) targ'ib qilganlar, katolik cherkoviga qarshi chiqqanlar, majburiy dindorlikni rad qiladilar. Valdenslar qarashlari Gʻarbiy Yevropa davlatlari, ayniqsa, mazkur davlatlardagi hunarmand va dehqonlar orasida keng tarqaldi. Hozirga qadar, Valdenslar jamoalari asosan, Italiyada saqlanib qolgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 112.
Adabiyotlar
tahrir- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |