Valeriy Muxin
Valeriy Vasilyevich Muxin (1938-yil 25-iyul — 2002- yil 27-avgust, Toshkent) — sovet futbolchisi, himoyachi va yarim himoyachi, murabbiy. SSSR sport ustasi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 25-iyul 1938-yil | ||
Vafot sanasi |
27-avgust 2002-yil (64 yoshda) | ||
Vafot joyi |
Toshkent, ![]() | ||
Ampluasi | himoyachi, yarimhimoyachi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1958—1960 1961—1966 1968 |
![]() ![]() ![]() |
( 157 (5) ) | |
Boshqargan klublari | |||
1968—1977 |
![]() | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Valeriy Muxin futbolchilik faoliyatini Ashxobodda boshlagan. U yerda uch mavsum davomida (1958-1960) mahalliy “Kolxozchi” (keyinchalik Kopetdag) jamoasida oʻynagan. 1961-yili Toshkentning “Paxtakor” klubiga qabul qilinib, ushbu jamoa bilan SSSR Oliy ligasida debyut qilgan. Valeriy Muxin “Paxtakor” safida olti mavsum oʻynagan. Milliy chempionatlarda 157 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan. Shulardan 120 tasini oliy ligada oʻtkazgan va 4 ta gol urgan.
1968-1977-yillarda Xorazmning “Narimanovets” klubiga ustozlik qilgan. Keyinchalik esa ma’muriy lavozimlarda ishlagan.
Valeriy Muxin nomi Oʻzbekiston futboli shon-sharaf zaliga kiritilgan.
2002-yil 27-avgustda vafot etgan. Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilgan.
HavolalarTahrirlash
- FootballFacts.ru saytida profili
- Ташкент. Мемориал памяти