Bosh menuni och

Vankuver — Shim. Amerikaning gʻar-biy qirgʻogʻi yaqinidagi orol. Kanadaga qarashli. Mayd. 32,2 ming km2. Yirik shahri va porti — Viktoriya. V. quyi mezozoyda vujudga kelgan. Relefi togʻli, bal. 2200 m gacha. Temir rudasi, tosh-koʻmir va b. foydali qazilmalar bor. Gʻarbiy qirgʻoqlarida ford koʻp. Iqpimi moʻʼtadil, dengiz iqlimi. 2000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Igna bargli va keng bargli oʻrmonlar bor. Orolda Pasifik — Rim milliy parki joylashgan. Baliq ovlash va oʻrmonchilik rivojlangan. V. uni kashf etgan ingliz dengizchisi J. Vankuver (1758—98) nomiga qoʻyilgan.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil