Varzik

Joylashuvi:

Varzik shaharchasi O'zbekiston Reapublikasi, Namangan viloyati, Chust tumanida joylashgan bo'lib, Chust shahridan 12-13 km shimolda joylashgan. "Varzik" so'zi "tepalikdagi qishloq" degan ma'noni anglatadi. Varzik shaharchasi shimol va shimoliy-sharqdan Qig'iziston Respublikasi bilan chegaradosh hisoblanadi, janubiy-g'arbda Karkidon shaharchasi, janubiy-sharqda esa Kaklikqo'rg'on qishlog'i joylashgan. Varzik shaharchasi Chust tumanidagi aholisi eng ko'p va hududiy jihatdan eng yirik hududiy birlik hisoblanadi.

Aholisi:

Varzik shaharchasida 6ta MFY (Qoraqo'rg'on, Qal'ai Poyon, Pilol, Bolo, Yangichak va Maydon) joylashgan bo'lib, aholisi 25-30 mingni tashkil etadi. Tarixan bu hudud aholisi "varzikliklar" deb nomlanadi. Aholisining mutloq ko'pchiligini tojik millatidagi O'zbekiston fuqarolari tashkil etadi. Qishloqda yashovchi aholi asosan utroq xalq bo'lganligi sababli azal-azaldan qihloq xo'jaligining dehqonchilik va qisman chorvachilik turi bilan shug'ullanib keladi. Buning asosiy sababi shundaki qishloqning geografik jihatdan joylashuvi asosan tekislik bo'lib simoliy qismlari past tog'lik zonadan iboratdir. Shu bois aholi dehqonchilik bilan shug'ullanishi uchun qulay geografik hududga egadir. Aholi bundan tashqari ajdodlardan avlodlarga me'ros bo'lib kelayotgan hunarmandchilikni ham o'z navbatida kanda qilmasdan davom ettirib kelmoqdalar hamda bu erda savdo-sotiq ishlari va aholining tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi rivojlanib bormoqda.