Vasiliy Vasilyevich Anikin (12-oktabr 1952, Oʻsh viloyati) — kurashchi, xalqaro toifadagi sport ustasi (1976). Yunon-rum kurashi bilan shugʻullangan. Oʻzbekistonning bir necha marta chempioni. Yevropa kubogi (1977, Lissabon), Jahon kubogi (1981, Bolgariya) gʻolibi. Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Vengriya, Ruminiyada oʻtkazilgan xalqaro turnirlarda 1-oʻrinni egallagan. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi Markaziy Harbiy sport klubida sport ustozi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "ANIKIN Vasiliy Vasilyevich" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil