Vasiliy I (1371-1425) - Moskva buyuk knyazi (1389-yildan). Dmitriy Donskeshning ugli. Nijniy Novgorod, Murom, Vologda knyazliklari va komilar yerlarini Moskva buyuk knyazligiga qoʻshib olgan. Oltin Oʻrda va Litva buyuk knyazligiga qarshi kurashgan. Amir Temur Toʻxtamishni yengganidan soʻng V. I Oltin Oʻrdaga oʻlpon toʻlamay qoʻygan. Biroq 1408-yil Idiku bosqinidan soʻng 1412-yildan boshlab oʻlpon toʻlay boshlagan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil