Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy (1918.28.9 — Ukrainaning Kirovograd viloyatidagi Onufriyevka tumani — 1970.2.9) — pedagog, ukrain hamda rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi. RSFSR (1957), SSSR (1968) Ped. Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi. Mehnat Qahramoni (1968). Poltava pedagogika institutini tugatgan (1939). 1947-yildan umrining oxirigacha Kirovograd viloyatining Pavlish qishlogʻidagi maktab direktori. "Bolalarga jonim fido" (1969), "Fuqaroning tugʻilishi" (1970), "Tarbiya toʻgʻrisida" (1973) kabi asarlarida boshlangʻich maktab, oila tarbiyasi nazariyasi va metodikasi, oʻquvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish, mehnatga munosabat, pedagogik mahorat boʻyicha tadqiqotlar olib borgan, ped.da insonparvarlik gʻoyalarini targʻib qilgan.