Vernon Gordon 'Bob' Kirby (1911-yil 22-iyun — 1994-yil 27-sentyabr) Janubiy Afrikalik tennischi edi.

Vernon Kirby
Toʻliq ismi Vernon Gordon Kirby
Mamlakat Janubiy Afrika Janubiy Afrika
Tugʻilishi 22-iyun 1911-yil
Durban, Janubiy Afrika
Vafoti 27-sentyabr 1994-yil(1994-09-27)
(83 yoshda)
Perth, Avstraliya
Boʻyi 1.71 m (5 ft 7 in) sm
Professionallik 1931 (havaskor tennischi)
Faoliyati tugashi 1947
Ishlatadigan qoʻli Chapaqay
Yakkalik bahslar
Eng yuqori pozitsiyasi No. 9 (1934, Literary Digest)[1]
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open 2R (1935)
French Open 3R (1937)
Wimbledon QF (1934)
US Open SF (1934)
Juftlik bahslari
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
Australian Open QF (1935)
French Open F (1931, 1937)
Wimbledon SF (1933)
Mixed doubles
„Katta dubulgʻa“ turniri aralash juftlik bahslari natijalari
Australian Open F (1935)
Wimbledon QF (1931, 1933)

Biografiyasi tahrir

Kirby Durban oʻrta maktabida tahsil olgan, u yerda kriket va futbol oʻynagan. U besh yoshida tennis bilan shugʻullana boshlagan va maktabdan boʻsh vaqtlarida tennis oʻynagan.[2]

1931-yil may oyida Kirby va uning jamoadoshi va hamyurti Norman Farkharson Fransiya chempionatining juftlik finalida amerikalik George Lott va Jon Van Ryn juftligiga toʻgʻridan-toʻgʻri yutqazib, ikkinchi oʻrinni egallagan.[3] Iyul oyida u Wimbledon chempionatida yakkalik musobaqasining birinchi yoki ikkinchi raundlarida magʻlub boʻlgan oʻyinchilar oʻrtasidagi Wimbledon Plate turnirining finalida George Littlton-Rogersga qarshi gʻalaba qozondi. Keyinchalik iyul oyida Kirby Peeblesdagi Shotlandiya chempionatining yakkalik finalida juftlikdagi sherigini toʻgʻridan-toʻgʻri magʻlub etdi.[4][5][6] U, shuningdek , Shimoliy Yorkshirning Skarboro shahrida boʻlib oʻtgan Shimoliy Angliya chempionatining yakkalik va juftlik bahslarida gʻolib chiqdi.[4]

1933-yilda u Kent chempionatida gʻalaba qozondi va keyingi yil ham u uchun muvaffaqiyatli boʻldi va 1934-yil yanvarda Estoril turnirida gʻolib chiqdi.[7]

1934-yilda Kirby Wimbledon chempionatining yakkalik bahslari chorak finalga chiqdi, ammo toʻrt setda amerikalik Sidney Woodga yutqazdi.[8][9] Oʻsha yili AQSh milliy chempionatida u boʻlajak Grand Slam (Katta dubulgʻa) gʻolibi Don Budgeni toʻrtinchi raundda magʻlub etib, yarim finalga chiqdi va u toʻrt setda yakuniy chempion Fred Perryga yutqazdi.[10][11] 1935-yilda u avstraliyalik Birdie Bond bilan Avstraliya chempionatining aralash juftlik finaliga chiqdi. Ular uch setda avstraliyalik Louise Bickerton va fransiyalik Christian Boussusdan ustun keldi.[12][13][14]

Kirby toʻrt marta (1933, 1935, 1937, 1938) Janubiy Afrika chempionatining yakkalik bahslarida finalga chiqdi. 1931[15] va 1932[16]-yillarda juftlik bahslarida gʻolib boʻldi.

U 1932-yilda Janubiy Afrika reytingida uchinchi va 1935-yilda The Literary Digest jurnalining J. Brooks Fenno tomonidan dunyoda 9-oʻrinini egallagan.[16] 1937-yilda esa Janubiy Afrikada 1-oʻrinni egalladi.[17]

1931 va 1937-yillar orasida u Janubiy Afrikaning Devis Kubogi jamoasida oʻnta uchrashuvda oʻynadi. Jamoaning eng yaxshi natijasi 1935-yilda Chexoslovakiyaga qarshi Yevropa zonasining yarim finaliga chiqish boʻldi. Kirby Devis Kubogida 16 gʻalaba va 8 magʻlubiyatdan iborat rekordga ega boʻlgan va juftlik bahslarida (7-1) yakkalikdan (9-7) koʻproq muvaffaqiyat qozongan.[18] Kirby 1994-yil sentyabr oyida Avstraliyaning Pert shahrida vafot etdi.[19][20]

Grand Slam (Katta dubulgʻa) finallari tahrir

 
Vernon Kirby 1934-yil noyabrda Avstraliyaning Sidney shahridagi White City stadionida

Juftliklar (2 ta ikkinchi oʻrin) tahrir

Natija Yil Chempionat Qoplama Hamkor Raqiblar Hisob
Yoʻqotish 1931 Fransiya chempionati Loy   Norman Farquharson   George Lott

  John Van Ryn

4-6, 3-6, 4-6
Yoʻqotish 1937 Fransiya chempionati Loy   Norman Farquharson   Gottfried von Cramm

  Henner Henkel

4-6, 5-7, 6-3, 1-6

Aralash juftliklar (1 ta ikkinchi oʻrin) tahrir

Natija Yil Chempionat Qoplama Hamkor Raqiblar Hisob
Yoʻqotish 1935-yil Avstraliya chempionati Oʻt   Birdie Bond   Louie Bickerton

  Christian Boussus

6-1, 3-6, 3-6

Manbalar tahrir

  1. J. Brooks Fenno, Jr. (20 October 1934). „Ten at the Top in Tennis“. The Literary Digest. New York City, United States: Funk & Wagnalls. 36-bet.
  2. „Lawn Tennis – Menzel and Kirby Disapprove Foot-fault Alteration“. The Sydney Morning Herald (1934-yil 6-noyabr).
  3. „Kirby and Farquharson Bow to Lott and Van Ryn in Final of French Doubles“. The New York Times.
  4. 4,0 4,1 Béla Kehrling, muh. (1 October 1931). „Magyarország tenniszbajnokságai“ (PDF). Tennisz és Golf (venger). III-jild, № 18–19. Budapest, Hungary: Egyesült Kő-, Könyvnyomda, Könyv- és Lapkiadó Rt. 3–9-bet. Qaraldi: 21 October 2012. {{cite magazine}}: Unknown parameter |trans_title= ignored (|trans-title= suggested) (yordam)
  5. „Lawn Tennis – Peebles Finals – New Scottish Champions“. The Glasgow Herald (1931-yil 20-iyul).
  6. The Singapore Free Press and Mercantile Advertiser (1884-1942), 11 August 1931, Page 13 — S. Africans Win Scottish Titles — Retrieved 11 September 2012
  7. J Buddell. „Kent All-Comers' Championships“. beckenhamtennisclub.co.uk. Beckenham Tennis Club (2011-yil 17-fevral). 2012-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 20-oktyabr.
  8. Collins, Bud. The Bud Collins History of Tennis : an authoritative encyclopedia and record book, 2nd, [New York]: New Chapter Press, 2010 — 419 bet. ISBN 9780942257700. 
  9. „Impressive Records.“. The Argus. Melbourne: National Library of Australia (1934-yil 13-iyul), s. 10. Qaraldi: 2012-yil 21-oktyabr.
  10. Collins, Bud. The Bud Collins History of Tennis : an authoritative encyclopedia and record book, 2nd, [New York]: New Chapter Press, 2010 — 459 bet. ISBN 9780942257700. 
  11. „Perry Plays Allison Today For National Tennis Crown With Injured Right Ankle“. The Evening Independent (1934-yil 12-sentyabr).
  12. Collins, p. 376
  13. The Encyclopedia of Tennis, 1st Max Robertson: , London: Allen & Unwin, 1974 — 374 bet. ISBN 0047960426. 
  14. „TENNIS TITLES.“. The Sydney Morning Herald. National Library of Australia (1935-yil 14-yanvar), s. 14. Qaraldi: 2012-yil 21-oktyabr.
  15. Béla Kehrling, muh. (20 April 1931). „Külföldi hírek“ (PDF). Tennisz és Golf (venger). III-jild, № 8. Budapest, Hungary: Egyesült Kő-, Könyvnyomda. Könyv- és Lapkiadó Rt. 15–16-bet. Qaraldi: 21 October 2012. {{cite magazine}}: Unknown parameter |trans_title= ignored (|trans-title= suggested) (yordam)
  16. 16,0 16,1 Béla Kehrling, muh. (22 April 1932). „Külföldi hírek“ (PDF). Tennisz és Golf (venger). IV-jild, № 3. Budapest, Hungary: Egyesült Kő-, Könyvnyomda. Könyv- és Lapkiadó Rt. 55-bet. Qaraldi: 21 October 2012. {{cite magazine}}: Unknown parameter |trans_title= ignored (|trans-title= suggested) (yordam)
  17. Dunlop Lawn Tennis Annual and Almanack 1951 G.P. Hughes: . London: Ed. J. Burrow & Co. Ltd., 1951 — 303 bet. 
  18. „Davis Cup Players – Vernon Kirby“. ITF.
  19. Ancestry: Vernon Gordon Kirby
  20. Billion Graves: V.G. (Bob) Kirby

Havolalar tahrir