Vikipediya:Ensiklopedik ahamiyat (kishilar)

Vikipediyada biror mavzuda maqola yozishdan avval, uning ahamiyatga molik ekanligiga amin boʻlish lozim.

Agar biror shaxs haqida bir-biridan va oʻsha shaxsdan mustaqil, obroʻli manbalar keng qamrovda material nashr etishgan boʻlsa, shu shaxs ahamiyatga molik, deb hisoblanishi mumkin.

Foydalanuvchilar oʻzlari haqida maqola yozmasligi kerak, chunki bunda manfaatlar ziddiyati kelib chiqadi. Biror shaxs haqida maqola yozish uchun u shaxsning darhaqiqat eʼtiborga loyiqligi, taniqli ekanligi, yoki hech boʻlmasa bir nechta obroʻli ommaviy axborot vositalaridan u shaxs haqida materiallar koʻrsatilishi zarur.

Asosiy mezonlarTahrirlash

  • Agar koʻrsatilgan manbada mavzu qamrovi ahamiyatli boʻlmasa, unda bu shaxsning ahamiyatga molikligini koʻrsatish uchun bir nechta mustaqil manbalar keltirilishi lozim; mavzuni ikkilamchi manbalar orqali yoritilishi shaxsning ahamiyatga molikligini aniqlashda yetarli boʻlmasligi mumkin.
  • Birlamchi manbalardan maqoladagi kontentni qoʻllab-quvvatlash oʻlaroq foydalanish mumkin, biroq ular mavzuning ahamiyatga molik ekanligini isbotlashga hissa qoʻshmaydi.

Asosiy mezonlarga javob beradigan shaxslar quyida keltirilgan qoʻshimcha mezonlarga mos kelmagan ayrim hollarda ham ahamiyatga molik deb hisoblanishi mumkin. Agar ular bitta voqea bilan ajralib turish orqali ahamiyatga molik boʻlish kabi istisnoli mezonlarga kirishsa, bunday kishilar haqida maqolalar yaratilmasligi ham mumkindir.

Qoʻshimcha mezonlarTahrirlash

Har qanday shaxsiyatlarTahrirlash

  1. Shaxs nufuzli mukofot yoki eʼtirofga sazovor boʻlgan yoki bir necha bor bunday mukofotga nomzod boʻlgan.
  2. Shaxs mamlakatning standart milliy biografik lugʻatiga (masalan, Dictionary of National Biography) kiritilgan.