MILLIY PARTIYA — hududiy, chegaralarda emas, butun davlat miqiyosida amal qiluvchi partiya boʻlib, u parlamentga saylovlar mobaynida (ba‘zan prezidentlikka toʻgʻridan-toʻgʻri saylovlar mobaynida) doimiy ravishda muayyan foiz ovoz oladi (odatda 2-3 foizdan kam boʻlmagan), oʻz nizomi, dasturiga ega, roʻyxatdan oʻtgan, muayyan miqdorda aʼzolarga ega (mas., Meksikada 1947-yil qonuniga koʻra shtatlarning yarmidan 65 mingdan kam boʻlmagan a‘zolar soni). Milliy deb eʼtirof etilgan partiyalar (odatda bu — markaziy saylov qoʻmitasi tomonidan qilinadi) saylovlarda bir qator ustunlikka ega boʻladi. Ular uchun ushbu partiya nomzodlarini quvvatlovchi imzolar yigʻish shart emas. Milliy partiyalar konsepsiyasi saylov tizimini bir muncha soddalashtirish, ortiqcha harakat va sarflardan qochish, vaqtni tejash imkonini beradi. Ba‘zi mamlakatlarda partiyalarni milliy deb tan olinishi ikki bosqichga ega. Birinchi bosqichda partiya umummilliy saylovlarda belgilangan miqdorda ovoz olishi kerak. (mas., Meksikada 1,5 foiz). Shunda u milliy partiya sifatida shartli ravishda roʻyhatdan oʻtadi. Keyingi umummilliy saylovlarda qatnashib, shu partiya yana belgilangan ovozlar miqdorini olsa, u umummilliy, deb eʼtirof etiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  1. B. T. Ataxanov, M. B. Isabayev FUQAROLIK JAMIYATI FANIDAN ATAMALAR LUGʻATI kitobidan.