Vikipediya:Mustaqil tadqiqotlarning taqiqlanganligi

Qisqartma:
VP:MTT

Mustaqil tadqiqotlarning taqiqlanganligi — Vikipediyaning asosiy qoidalaridan biri hisoblanadi. Ushbu qoidalar Vikipediya maqolalari uchun maqbul boʻlgan kontentning tabiati va sifatiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi. Maqola mualliflariga uchala qoida bilan tanishib chiqish va ulardan umumiy xulosa chiqargan holda amal qilish tavsiya etiladi.

Ushbu qoidalarda keltirilgan tamoyillarni boshqa hech bir qoida, koʻrsatma yoki tahrirchilar kelishuvi asosida bekor qilib bo‘lmaydi.

Vikipediya mustaqil tadqiqotlar (mas.: „yangi“ nazariyalar) eʼlon qilinadigan joy emas.

Mustaqil tadqiqotlar deganda hech qayerda eʼlon qilinmagan faktlar, dalillar, mulohazalar va g‘oyalar, u yoki bu qarashlarni targ‘ib etish uchun eʼlon qilingan materialning hech qayerda eʼlon qilinmagan analiz yoki sintezi tushuniladi.

Bu tamoyil Vikipediya sizning shaxsiy fikringiz, tajribangiz, dalillaringiz yoki xulosalaringiz eʼlon qilinadigan joy emasligini anglatadi.

Vikipediyaning bu pozitsiyasi hech kimning huquq va manfaatlarini buzishga urinish emas. Bu shunchaki haqiqatni bayon etishdir: Vikipediya birinchi emas, balki ikkinchi darajali maʼlumot manbasidir, yaʼni u asosiy va ikkilamchi manbalardan maʼlumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi, baholaydi, sharhlaydi va sintez qiladi. Vikipediyada siz mustaqil sharhlar va xulosalarni yozishingiz mumkin, lekin yangi bayonotlar, tasdiqlar yoki xulosalarni emas.

Maqola yozayotganda har doim maʼlumot manbasini koʻrsating . Mashhur ilmiy jurnal, ilmiy nashrlar Vikipediya uchun ishonchli maʼlumot manbasi boʻlib xizmat qilishi mumkin. Uy sharoitida chop etilgan materiallar va mualllif mablag‘lari asosida nashr qilingan kitoblar bunday manba hisoblanmaydi.

Vikipediya maqolasi insho emas, balki bayondir.

Mustaqil tadqiqot nima?Tahrirlash

Quyida sanab oʻtilgan kabi tadqiqotlar mustaqil tadqiqotlar hisoblanadi:

  1. maʼlum bir muammoni yechishning yangi nazariyasi yoki usullari yozilsa;
  2. yangi gʻoyalar kiritilsa;
  3. atamalarga yangi taʼriflar kiritilsa;
  4. neologizm kiritilsa (yangi yoki noodatiy atama).

Agar, maqola yuqorida sanab oʻtilgan shartlarga mos kelsa, bu maqola mustaqil tadqiqot sanaladi va Vikipediyada eʼlon qilinmaydi.