Vikipediya:SOPA
Stop Online Piracy Act (SOPA yoki H.R. 3261; tarjimasi: Online Qaroqchilikni Toʻxtatish Haqida) 2011-yil 26-oktabrida Lamar Smith boshchiligida AQSh Vakillar Palatasi eʼtiboriga havola etilgan qonun loyihasidir. Qonun loyihasi amerikalik qonun posbonlari va mualliflik huquqlari egalariga Internetdagi noqonuniy kontent, mualliflik huquqlari bilan himoyalangan materiallar savdosi va kontrafaktga qarshi kurashishda yordam berishi koʻzda tutilgandir. Qonun loyihasiga binoan, Internet tarmogʻida faoliyat yurituvchi har qanday shaxs — provayderlardan tortib qidiruv tizimlari va hatto reklama beruvchilargacha, — mualliflik huquqlari egasining har qanday murojaatiga binoan qaroqchilikda ayblanayotgan resursga xizmat koʻrsatishni bas qilishi lozim (masalan, kontent uchun haq toʻlash yoʻlini berkitish, reklama shartnomasini bekor qilish, toʻlov tizimini yopish, saytni qidiruv natijalarida koʻrsatmaslik, saytga ishoratlarni oʻchirish, saytni batamom toʻsish va hk); aksar holda murojaat etilgan shaxs ayblanuvchining hamkori sifatida koʻriladi.
2012-yil 18-yanvarida (UTC-5) ingliz tilidagi Vikipediya ushbu qonun loyihasiga qarshi oʻlaroq 24 soatga yopildi. Shu kuni Kongressda SOPA muhokama qilinishi belgilangan. Oʻzbekiston provayderlari tomonidan toʻsilgan oʻzbekcha Vikipediya ingliz Vikipediyasi qarorini tushunadi va qoʻllab-quvvatlaydi.
Mavzuga oid veb-sahifalar
tahrir- American Censorship "Amerika Senzurasiga" qarshi petitsiya